SHODMONOV Sulaymon Nurillayevich (1938.15.9, Buxoro) — dirijyor, Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Toshkent konservatoriyasini xor dirijyorligi (1960) hamda operasimfonik dirijyorligi (1975) ixtisosliklari boʻyicha tugatgan. Navoiy teatrida xormeyster (1960—66), bosh xormeyster (1966-80), Leningrad opera va balet teatrida dirijyor-stajer (1980—82), Toshkent operetta teatrida dirijyor (1982—91), Navoiy teatrida bosh xormeyster va dirijyor (1991-y. dan). Musiqali teatr sahnasida bir necha operetta («Bayadera», I. Kalman; «Gusar uylanishi», G. Gladkov va boshqalar), oʻzbek («Buyuk Temur», A. Ikromov; «AlFargʻoniy», M. Bafoyev; «Soʻgʻd elining qoploni», Ik. Akbarov) hamda Yevropa mumtoz («Lyuchiya di Lammermur», «Tungi qoʻngʻiroqcha», G. Donitsetti; Oʻzbekistonda ilk marta) operalarini dirijyor sifatida sahnalashtirgan.