STANOVOY TIZMASI

STANOVOY TIZMASI — Sharqiy Sibirdagi togʻlar. Olyokma daryosining oʻrta oqimidan boshlanadi va Uchur daryosi (Aldan havzasi)ning boshigacha choʻzilib boradi. Uz. 700 km, eni 100 — 180 km, oʻrtacha bal. 1500 m, eng baland joyi 2412 m (Kasta Toko kulidan jan. gʻarbda), Shim. va Jan. tizmalardan iborat. Gumbazsimon baland qismlarida qoyali choʻqqilar uchraydi. St. Shimoliy Muz okeani va Tinch okeanga kuyiladigan daryolar oʻrtasidagi suvayirgichdir. Asosan, kristalli slanes va gneyslardan tuzilgan. 1300 m gacha balandlikda tilogʻoch va qaragʻay oʻrmonlari oʻsadi, balandrokda (1650—2700 m) yer bagʻirlab oʻsadigan kedr, qayin, zirk changalzorlari uchraydi. Baland qismlarida tog tundrasi joylashgan. Oltin, toshkoʻmir, slyuda konlari bor.


Lotin alifbosida maqola: STANOVOY TIZMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SHIMOLIY AMERIKA
OSIYO
ROSSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты