STANOK (rus) , dastgoh — metall, yogʻoch, tosh, suyak va b. ga ishlov berish, gazlama toʻqish uchun moʻljallangan mashina. Vazifasiga koʻra, tokarlik, silliqlash, parmalash, frezerlash, toʻqish Stanok lari va b. xillarga bulinadi. Ishlov berish anikdigiga kura, normal (N), yuqoriroq (P), yuqori (V), juda anik, (S) va juda yuqori aniq (A) S. lar boʻladi. Ogʻirligi jihatdan 100 kN (10 t) dan ortiq (ogʻir), 100 kN (10 t) gacha (oʻrtacha ogʻir) va 10 kN (1 t) gacha (yengil) xillarga boʻlinadi. Koʻpchilik Slar avtomatik boshqarish tizimlari bilan jihozlanadi. Oʻzbekistonda qad. toʻquv Stanoklari dastgoh yoki doʻkon deb atalgan.