STARKRIMSON

STARKRIMSON — kechpishar olma navi. 1952-y. da AQSH da Stark Delisheye navining kurtak mutatsiyasi tarzida ajratib olingan. Daraxti kuchsiz oʻsadi, shoxlari sust rivojlanishi bilan boshqa olma navlaridan farq qiladi. Asosiy shoxchalari zich, novdalari kalta va yoʻgʻon, sargʻimtirkoʻkish. Koʻchati ekilgandan soʻng 3yili hosilga kiradi. Golden Dilishes, Jonatan, Renet, Simirenko, King Devid kabi navlardan yaxshi changlanadi. Mevasi chiroyli, shakli choʻziqkonussimon. Poʻsti tigʻiz, usti mumgʻubor bilan qoplangan. Sirti toʻq qizil, yirik nuqtalari bor. Eti sargʻimtiroq, karsildoq, nafis, sersuv, shirinnordon, xushboʻy mazali. Mevasi avg. oxiri — sent. boshlarida terib olinadi, yanv. gacha saqlash mumkin. Asosan, togʻ oddi zonalarida yetishtiriladi. Kasalliklardan kam zararlanadi. 1993-y. dan Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatlari uchun r-nlashtirilgan.


Lotin alifbosida maqola: STARKRIMSON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар
Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар
QORAQALPOGʻISTON
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты