STARODUBSEV Sergey Vasilyevich

STARODUBSEV Sergey Vasilyevich (1914.24.10, Ashxobod 1967.19.3, Toshkent) — fizik olim. Oʻzbekiston FA akad. (1956), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1964). Texnika fanlari d-ri (1946), prof. (1947). 1935-y. dan Toshkentda. Leningrad un-tini tugatgan (1935), Oʻrta Osiyo un-tida oʻqituvchi (1935—41). Toshkent toʻqimachilik in-tida kafedra mudiri (1938 — 42). 1942-y. dan Leninfadda ishlagan. Oʻzbekiston FA vitseprezidenti (1956—66), Yadro fizikasi in-ti direktori (1966-y. dan). Ilmiy ishlari, asosan, fizik elektronika, atom yadrosi fizikasi, yadro va radiatsiya fizikasi, radioaktiv izotoplar va nurlardan texnikada foydalanish, sof materiallar texnologiyasiga oid. Oltingugurtli kadmiy kristallari asosida zaryadli zarralar hisoblagichini yaratgan, gamma nurlanishlarning moddalar bilan oʻzaro taʼsirini oʻrgangan. Starodubsev vakuum elektronikasi boʻyicha Toshkent maktabining shakllanishiga katta hissa qoʻshgan. Oʻzbekiston FA Fizikatexnika inti, Toshkent koʻchalaridan biri Starodubsev nomi bilan atalgan.


Lotin alifbosida maqola: STARODUBSEV Sergey Vasilyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
KIMYO
FIZIKA
ELEKTRONIKA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты