SHOLOMALEYXEM

SHOLOMALEYXEM (taxallusi; asl nomi Sholom Noxumovich Rabinovich) [1859.18.2(2.3), Ukraina, Pereyaslav shahri — 1916.13.6, Nyu-York] — yahudiy yozuvchisi. Asosan, Rossiyada, 1914-yildan AQSHda yashagan. Ivrit, idish va rus tillarida yozgan. Ijodining ilk davrida rus va yahudiy adabiyotlaridagi demokratik anʼanalarga ergashgan. Asarlarida chor Rossiyasidagi yahudiylar hayoti, yahudiy doiralarining boylikka ega boʻla borishi (kapitallashuvi) aks etgan («Sender Blank va uning oilasi» romani, 1887); yorqin milliy obrazlar silsilasi yaratilgan, bular: oʻz xomxayollari va boyish istagi qurboni boʻlgan ishbilarmon («Menaxem Mendl» novellalar turkumi, 1892), halol mehnatkash, begʻambetashvish xalq faylasufi («Sutchi Tevye» novellalar turkumi,. 1894-1914), chor Rossiyasidagi oddiy ijodkor shaxs va AQSHdagi yahudiy muhojirlari taqdiri [«Bulbul Iosele» (1889) va «Adashgan yulduzlar» (1909—11) romanlari], AQSHga koʻchib ketayotgan kambagʻallar («Bolakay Motl» qissasi, 1907—16) va boshqalar «Toʻfon» romani (1906) 1905-yildagi inqilobiy voqealar haqida, «Qonli hazil» romani (1913) esa Beylis ishi (nohaq ayblangan yahudiy ustidan sud jarayoni)ga javob tariqasida yozilgan. Umrining oxirgi yillarida yoza boshlagan «Yarmarkadan» romani tugallanmay qolgan. Sholomaleyxem ijodida yumor va lirizm uygʻunlashib ketgan, aniq ruhiy va maishiy tafsilotlar, demokratik nuqtayi nazar yorqin aks etgan.


Lotin alifbosida maqola: SHOLOMALEYXEM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
UKRAINA
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты