STEARIN KISLOTA

STEARIN KISLOTA, oktadekan kislota, SN3 (SN2) |6SOON alifatik katorning bir asosli toʻyingan karbon kislotasi. Rangsiz kristall modda. Mol. m. 284,47. Suyuklanish t-rasi 69,6°, kaynash t-rasi 376,1°, [13,3 kPa bosimda (100 mm sim. ust.)], zichligi 849 kg/ m3 (70°da). Suvda erimaydi, organik erituvchilarda oz eriydi. Stearin kislota tabiatda keng tarqalgan yuqori yogʻ kislotalaridan biri. Stearin kislotaning glitseridlari koʻpchilik yogʻ va moylarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Stearin kislotani stearindan choʻktirish va distillash usulida, olein kislotani gidrogenlab va b. usullarda olish mumkin. Stearin kislotaning ishqorli tuzlari — sovun. S. k. organik sintezda, analitik kimyoda, vulkanizatsiyada va rezina tayyorlashda ishlatiladi. Natriy, litiy, kalsiy, qoʻrgʻoshin va b. metallarning stearinatlari plastik surkamalar komponenti sifatida, kosmetik moddalar olishda qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: STEARIN KISLOTA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NATRIY
LITIY
KALSIY
YOGʻ
SOVUN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты