STEKOLNIKOV Boris Abramovich (1889, Saratov — 1974, Toshkent) — xirurg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1963), tibbiyot fanlari d-ri (1941), prof. (1948).
Saratov un-tini tugatgan (1915). Oʻrta Osiyo un-tining topografik anatomiya va operativ xirurgiya kafedrasida ordinator (1920—22), assistent (1923 — 34), dotsent (1935—41), kafedra mudiri (1941—66). 1966-y. dan Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-ti xirurgiya klinikasi mudiri. Ilmiy ishlari baʼzi patologik jarayonlarda koʻkrak qafasi aʼzolarining joyidan koʻchishiga oid.