SHOMSHAPALAKLAR — silliqburun koʻrshapalaklar oilasi urugʻi. Uz. 10—50 mm. 7 turi bor. Yevropa, Gʻarbiy, Sharqiy va Janubiy Sharqiy Osiyoda, malla Shomshapalaklar keng bargli va aralash oʻrmonlar zonasi, Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Janubiy Gʻarbiy Sibirda. jumladan, Oʻzbekistonda keng tarqatgan. 1—2 ta bola tugʻadi. Shomshapalaklar daraxtlar kovagiga, baʼzan imoratlar peshtoqiga uya quradi. Shomda va kechasi faol. Qattiq qanotli hasharotlar (mas, may qoʻngʻizi va boshqalar) bilan oziqlanib, q. x. ga foyda keltiradi. Shomshapalaklar mavsumiy migratsiya qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.