STENOGRAFIYA (yun. stenos — tor, siqiq, qisqa va… grafin) — qisqartirilgan tezkor yozish usuli va shunday yozuv; alohida qisqa belgilarning mavjudligi, soʻz unsur (qism)larini qisqartirish yoki yozmay tashlab ketish, soʻzlar va soʻz birikmalarini qoʻshib yozish Stenografiyaning asosiy belgilaridir. Stenografiya ogʻzaki nutqni sinxron (nutq jarayonida) yozib olish hamda yozuv texnikasini takomillashtirishga imkon beradi. Stenografik yozuv tezlik boʻyicha oddiy yozuvdan 4—7-marta ustunrokdir. Stenografiya juda qad. zamonlardan maʼlum boʻlgan (Yunonistonda mil. av. 350-y. ga mansub Stenografiya belgilari yozilgan marmar taxtacha topil gan). Kdd. Rimda mil. av. 1-a. da Sitseronning quli Tiron rimcha Stenografiya tizimini kashf etgan va Tiron, notalari deb ataladigan bu tizim 11-a. gacha qoʻllanib kelgan.
«Stenografiya» termini 1602-y. da Angliyada stenograf J. Uillis tomonidan qoʻllangan. Stenografiya belgilari dunyo tillari uchun umumiydir. Faqat har bir tilning oʻziga xos xususiyati va undagi har bir fonemaning oz yoki koʻp uchrashiga qarab belgi tanlanadi. Hoz. Stenografiyada geometral va qiya yozuv (kursiv) tizimlari farqlanadi. Ularning har ikkalasi ham Angliyada: geometral S. J. Uillis (1602) tomonidan, qiya yozuv Stenografiyasi esa S. Bordli (1789) tomonidan yaratilgan. Geometral Stenografiya belgilari har xil geometrik shakllarning boʻlaklaridan iborat boʻlib, amalda yozish uchun noqulay deb topilgan. Qiya yozuv Stenografiya sidagi belgilar oddiy yozuv belgilarining ayrim unsurlaridan iborat boʻlib, asosiy xat chizik, ustida yoziladi va xat tekisligi yaxshi sakdanadi. Shu sababdan qiya yozuv tizimi geometral tizimdan afzalroq hisoblanadi. Qisqartirish usuliga koʻra, Stenografiya tizimlarining 2 turi: morfologik yoki imloviy (oddiy yozuv imlosiga amal qilgan holda soʻzlarni boshlanma xarfigacha qisqartiriladi) va fonetik (qisqartirish maqsadida yaxshi eshitilmaydigan tovushlar yozuvda tushirib qoldiriladi) turlari farkdanadi. Geometral tizimlar qisqa soʻzlar nisbatan koʻproq boʻlgan gillar (mas, ingliz, fransuz, ispan tillari) uchun, qiya yozuv tizimlari esa uzunroq soʻzlar koʻproq boʻlgan tillar (mas, slavyan, skandinav va nemis tillari) uchun qoʻllanadi.
Rus tili uchun stenografik tizim 1860-y. da birinchi marta amalda qoʻllangan. Rossiyada Oktyabr toʻntarishigacha ham, undan keyin xam bir kdncha stenografik tizimlar ishlab chiqilgan. 1933-y. da yozuv Stenografiyasi asosida) joriy etilgan. Bu tizim oʻzbek tilida birinchi marta 1937-y. da qoʻllangan (1925—33 y. larda oʻzbek tilida rus tilidagi Stenografiya tizimidan foydalanilgan). Oʻzbekistonda koʻp yillardan beri Stenografiyani oʻqitishoʻrgatish boʻyicha kurelar hamda stenografik xizmat idoralari faoliyat koʻrsatib kelmoqsa. Stenografiya rivojiga M. Maqsudov, M. Murodov, M. Rahimova, A. Shoraxmedov va b. katta xissa qoʻshganlar. Keyingi davrda audiovideotexnikaning rivoji va undan keng foydalanish Stenografiyaga va stenografistlarga boʻlgan ehtiyojni bir qadar kamaytirdi.
Ad.: Murodov M ., Stenografiya darsligi, T., 1952; Yurkovskiy A. M., Stenografiya skvoz veka, M., 1969.
Abduvahob Madvaliyev.