STEREOGRAF

STEREOGRAF (stereo… va graf) — aerofotosuratlar boʻyicha topografiya xaritalari tuzish uchun moʻljallangan universal mexanik loyihalash asbobi. Stereografda topografiya xaritalari tuzish uchun aerofotosuratlar 3° gacha qiya burchak ostida olinishi kerak. Stereograf koordinometr, karetkalar, surgichlar, kardanlar, korreksiyalovchi (tuzatish kirituvchi) mexanizmlar va loyihalash richaglaridan iborat. Aerofotosuratlar har doim gorizontal joylashtiriladi. Koordinometr karetkasi surilganda loyihalash richaglari proyeksiyalar markazlari atrofida aylanib, aerofotosuratlarni va surgichlarni qiya korreksiyalash tekisliklari boʻyicha suradi. Natijada kardanlarning balandlik boʻyicha vaziyati oʻzgaradi va suratlar qoʻshimcha ravishda suriladi (qiyalik burchaklarining taʼsiri yoʻqoladi). Stereograf yordamida obyektlarning tasviri xaritaga buzilmay chiziladi.


Lotin alifbosida maqola: STEREOGRAF haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XARITAGRAFIK PROYEKSIYALAR
YER
MASHINA VA MEXANIZMLAR NAZARIYASI
PH Electro - Stereo Mexico
PAXTA TERISH MASHINALARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты