STERINLAR

STERINLAR, sterollar — steroidlar sinfiga mansub siklik spirtlar. Koʻpchilik Sterinlar — optik faol kristall moddalar, ular organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi. Mikroorganizmlar, oʻsimlik va hayvonlardagi Sterinlarning umumiy oʻtmishdoshi skvalen uglevodorodidir, u siklik lanosterin (S30N50O)ga yoki uning izomeri sikloartenolga aylanadi, keyinchalik bulardan tarkibida 27—29 uglerod atomi boʻlgan turlicha Sterinlar hosil boʻladi. Hayvon Sterinlar ining eng muximi — xolesterin; zamburuglarda, jumladan, xamirturushda koʻplab uchraydigan — ergosterin, oʻsimliklardagi koʻpchilik Sterinlar guruxlari (fitosterinlar) ichida eng koʻp uchraydigan rsitosterin va stigm asteri ndir. Sterinlar yuqori tuzilgan hayvonlarning nerv toʻqimalari, jigari, sperma toʻqimalarida boʻladi; ular yuqori yogʻ kislotalari bilan murakkab efirlar hosil qiladi. Sterinlar oʻsimliklarda erkin holda yoki yog kislotalari bilan (steridlar), uglevodlar bilan (fitosterolinlar) yoxud ikkalasi bilan birikkan holda boʻladi.

Sterinlar tabiiy lipidlardan ishqoriy sovunlab olinadi. Steroid Sterinlar sirka kislotadan biosintezlab hosil qilinadi, asosan, gormonal preparatlarni sintezlahda xom ashyo sifatida qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: STERINLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YOGʻ
YER
SPIRTLAR
UGLEROD
OʻSIMLIK MOYLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты