STIGLER

STIGLER (Stigler) Jorj Jozef (19111991, Rentoy sh. AQSH) amerikalik iqtisodchi. Vashington shtati untini tugatgan (1931), Chikago un-ti d-ri (1938). Stigler birinchilardan boʻlib formal mikroiqtisodiy nazariyalarda sanoat tashkilotlari toʻgʻrisidagi bilimlarni keng qoʻllash gʻoyasini ilgari surdi. Real bozor jarayonlarini bahrlashda raqobat va monopoliyaning klassik modellarini qoʻlladi. Stigler meqnat taqsimoti, sanoat tuzilmalari, bozorlar faoliyati, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning sabab va oqibatlari muammolarini chuqur tadqiq etgan. Stigler iqtisodiy tafakkur tarixi sohasida ham tanikli olim. U D. Rikardotsan AQSHning mashhur iqtisodchisi va jamoat arbobi J. K. Gelbreytgacha boʻlgan iqtisodchi olimlarning gʻoyalarini taxlil etgan va uning bu tadqiqoti barcha mutaxassislar tomonidan yuqori baholanadi. Nobel mukofoti laureati (1982).


Lotin alifbosida maqola: STIGLER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
YAPONIYA
TOSHKENT
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
TARIX


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты