SHOX ALDAMCHISI

SHOX ALDAMCHISI — monoklin amfibollar guruhining eng koʻp tarqalgan jins hosil qiluvchi minerali. Taxm. kimyoviy tarkibi Sa2№[M§, Gʻye]4 [A1, Gʻye][(31, A1)40„]2 [ON, Gʻ]2. Oksidlangan Shox aldamchisi (Gʻye263 yuqori tarkibda) bazaltli, xlor tarkibli turi esa (S1 3% chamasida) dashkesanit deb ataladi. Monoklin singoniyada kristallanadi. Yashil, qora, qoʻngʻir rangdagi choʻziqprizmatik va notoʻgʻri shakldagi donalar, tolali agregatlar hosil qiladi. Qattiqligi 5,5—6; zichligi 3,1—3,3 g/sm3. Moʻrt. Shox aldamchisi intruziv (granodiorit, siyenit, diorit, Shox aldamchisi li gabbro), effuziv (andezit, bazalt, porfirit) hamda metamorfik (amfibolit, Shox aldamchisi li gneyslar va boshqalar) togʻ jinslari uchun xos. Yaltirashi nometall boʻlib, koʻpincha rangli togʻ jinslarida uchraydi. Shox aldamchisi — nisbatan barqaror mineral, lekin gidrotermal eritmalar taʼsirida xlorit, epidot, kalsit va kvarsga aylanadi; nurash jarayonida opal, karbonatlar va boshqalar minerallarga parchalanadi. Shox aldamchisi Oʻzbekistonda Hisor togʻlarining jan. gʻarbiy qismida, Qurama, Nurota togʻlari va boshqalar joylarda mavjud.


Lotin alifbosida maqola: SHOX ALDAMCHISI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MINERAL
TOGʻ JINSLARI TUZILISHI
EPIDOT
TOGʻ JINSLARINING BURMALANISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты