SHOXDARA

SHOXDARA, Janubiy Shoxdara, Jaushangoz — Tojikistonning Togʻli Badaxshon muxtor viloyatidagi daryo. Gʻunt daryosining chap irmogʻi (Amudaryo havzasi). Shoxdara tizmasining shim. yon bagʻirlaridan boshlanadi. Uz. 142 km, havzasining mayd. 4180 km2. Shugʻnon va Shoxdara tizmalari oraligʻidan oqadi. Havzasida mayd. 166,7 km2 boʻlgan 379 ta muzlik bor. Qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi. Muzlamaydi. Iyulda suvi koʻpayadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 34,5 m3/sek. Oʻrtacha yillik suv sarfi 48,6 m3/sek. dan (koʻp suvli yilda) 2,6 m3/sek. gacha (kam suvli yilda) oʻzgaradi. Sugʻorishda foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: SHOXDARA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMUDARYO
SIRDARYO
POMIR
DARYO
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты