SHOH GʻARIB MIRZO

SHOH GʻARIB MIRZO (taxallusi Gʻaribiy) (15-asr 2-yarmi, Hirot) — shoir, temuriy shahzodalardan biri. Husayn Boyqaroning oʻgʻli. Zamondoshlari tomonidan oʻz davrining nodir isteʼdodli shoiri sifatida eʼtirof etilgan. Navoiy «Farhod va Shirin» dostonida Shoh Gʻarib Mirzoga alohida bob ajratib, unga koʻpgina yaxshi nasihatlar qilgan. Keyinchalik vafot etganda ham, uning vafotiga ulugʻ shoir marsiya bagʻishlagan.

Shoh Gʻarib Mirzo oʻzbek va fors tillarida ijod qilgan. Uning forscha va oʻzbekcha sheʼrlaridan iborat devonining qoʻlyozma nusxasi Gamburg milliy kutubxonasida saqlanadi (inv. №15). Unda Shoh Gʻarib Mirzoning forscha 37 gʻazal, 1 qitʼa va 1 muxammasi (umumiy hajmi 557 misra) va oʻzbekcha 76 gʻazal va 4 muxammasi (umumiy hajmi 1210 misra) oʻrin olgan. Uning lirik sheʼrlarida ishq, vasl, hijron, sogʻinch, vafo, jafo, sadoqat, may va bulardan hosil boʻladigan kayfiyatlar, yaʼni quvonch, qaygʻu, saodat, hasrat, maʼshuqaning goʻzalligini taʼriflash kabi mavzular yetakchi oʻrinni egallaydi. U gʻazalnavis boʻlib, uning ijodida 5 muxammas va 1 qitʼadan tashqari, barcha asari gʻazal janrida yozilgan.

Ijodida badiiy lik, yangilik, oʻziga xoslik kuchli. Oʻzbekcha va forscha sheʼrlari nihoyatda ravon til, goʻzal uslubda yaratilgan. Gʻazallarida mavzu va holatni saqlashga uringan. Sheʼrlarida xalqning, xususan, Hirot aholisining urf-odatlari, anʼanalari, tushunchalari, kiyinishlari, turmush tarzi, hatto sport oʻyinlari ham oʻz aksini topgan. Shuningdek, xalq ogʻzaki ijodi ham uning sheʼrlariga, ijodiga muayyan taʼsir oʻtkazgan.

Ijodiga fors va oʻzbek sheʼriyatining mumtoz namoyandalari, ayniqsa, Husayniy, Navoiy va Jomiyning taʼsiri sezilarli. Sheʼr musiqiyligini oshirish uchun musiqali soʻzlarni tanlash, soʻzlarni takrorlash, bir joydan chiqadigan undosh harflarni yonmayon keltirish, har bayt yo har misrani bir soʻz bilan boshlash kabi usullardan foydalangan.

As: Devon, T., 2001.

Ad:. Alisher Navoiy, Mukammal asarlari toʻplami [20 j. li], 13-j., T., 1997.

Shafiqa Yorqin, Otabek Joʻraboyev.


Lotin alifbosida maqola: SHOH GʻARIB MIRZO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
TEMURIYLAR
HUSAYN BOYQARO
TEMUR TUZUKLARI
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты