STOMATOLOGIYA

STOMATOLOGIYA (yun. stomatos — ogʻiz va… logiya) — klinik tibbiyotning bir sohasi; ogʻiz boʻshligʻi aʼzolari: til, lab, lunj, ogʻiz shilliq pardalari hamda yuzjagʻ sistemasi va unga yondosh soha kasalliklarini, ularni keltirib chikaradigan sabablarni va mazkur kasalliklarning oldini olish usullarini oʻrganadi.

Ogʻiz boʻshligʻi aʼzolari kasalliklari Gippokrat, Ibn Sino, Galen, Sels va b. olimlar tomonidan tavsiflangan. Ibn Sino asarlarida ilk bor tishlar qamashishi va ogʻriqlarining tabiati bayon etilib, shunday hollarda nimalardan foydalanish koʻrsatilgan. 14-a. da fransuz vrachi Gide Sholiak tish sugʻuradigan asbob ixtiro qildi. 15a. oxirida italyan vrachi J. D. Arkale tishni oltin, qoʻrgʻoshin va qalay folgasi bilan plombalash mumkinligini koʻrsatadi. 17—18-a. larga kelib Stomatologiya klinik tibbiyotning mustaqil sohasiga aylandi. 19-a. da tishni plombalash va yasama tishlar tayyorlash texnikasi puxta ishlab chiqildi. 19-a. oxiri —20-a. ning birinchi yarmida fiziologiya, anatomiya, patologiya, biokimyo va b. fanlarning taraqqiyoti stomatologik kasalliklar etiologiyasi, patogenezi, davolash choralari va profilaktika tadbirlarini ishlab chiqishda muqim ahamiyat kasb etdi.

Oʻzbekistonda Stomatologiya fani 1954-y. dan shakllandi, shu yili ToshTIda stomatologiya f-ti ochildi. 1956-y. da maxsus stomatologik kafedralar tashkil etildi. Keyinchalik bunday kafedralar Samarqand, Andijon tibbiyot intlarida, Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-tida ham ochildi, 1994-y. Buxoro tibbiyot in-ti tashkil etilib, uning tarkibida stomatologiya ftining ochilishi Stomatologiya fanining yanada ravnaq topishiga zamin yaratdi.

Oʻzbekistonda Stomatologiya fani rivojiga A. G. Gʻulomov, M. V. Paradoksov, A. T. Busigin, M. V. Busigina, shuningdek, V. A. Yepishev, S. A. Zufarov, M. M. Miryoqubov, E. U. Mahkamov, T. X. Safarov, M. V. Begmetov va b. katta hissa qoʻshganlar.

Hoz. zamon S. fani terapevtik, xirurgik, ortopedik, bolalar Stomatologiya kabi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi. Terapevtik Stomatologiya tish (kariyes, pulpit, periodontit, nokariyes xastaliklar) hamda ogʻiz shilliq qavati, lab, til kasalliklari diagnostikasi, davosi va profilaktikasi bilan shugullanadi. Xirurgik Stomatologiya tish olishdan tashqari yuzjagʻ va unga qoʻshni sogʻalardagi yalligʻlanishlar, oʻsmalar, shikastlanishlar, tugʻma va orttirilgan nuqsonlarni oʻrganadi, ogʻiz boʻshligʻi va yuzjagʻ operatsiyalari, plastik operatsiyalarni amalga oshiradi. Ortopedik Stomatologiya ortopedik va ortodontik usullar bilan birlamchi va ikkilamchi tishlar qatori hamda tugʻma va orttirilgan tishlar nuqsonlarini davolaydi, yasama tishlar bilan tish qatori nuqsonlarini tiklaydi. Bolalar Stomatologiyasi bola rivojlanishining turli davrlarida oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda terapevtik, jarrohlik, ortopedikstomatologik yordam koʻrsatadi. Shu bilan birga stomatologik kasalliklarning kompleks profilaktikasi choratadbirlarini ishlab chiqadi.

Stomatologik kasalliklarni davolashda turli doridarmonlar, lazer va infraqizil nur, ultratovush, fizioterapiya usullari va h. k. dan foydalaniladi.

Ozoda Yuldoshxonova.


Lotin alifbosida maqola: STOMATOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
TISH
TIBBIYOT
FRANSIYA
YASAMA TISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты