STRATIFIKATSIYA

STRATIFIKATSIYA (lot. stratum toʻshama, qatlam, va facio — bajaraman) — 1) oʻsimliklar urugʻ (danak) lari unib chiqishini tezlashtirish uchun nam muhitda saqlash, urugʻlarga ekishdan oldin ishlov berish usuli. Asosan, mevali, manzarali, oʻrmon daraxtlari, butalari, ayrim dorivor oʻsimliklar urugʻlari (danaklari) uchun qoʻllaniladi. Stratifikatsiya uchun qum, qipiq, torf uvoqlari va b. ishlatiladi. Maxsus chuqur yoki yashiklarda urugʻ (danak) lar nam qum bilan aralashtirilib 3—5° haroratda saqlanadi. Olma va nok urugʻlari 120—130, yongʻoq, pista va bodom 45—60, behi urugʻi 60—70, shaftoli va oʻrik danagi 90—100, togʻolcha danagi 150 — 200, olcha va gilos danagi 200— 250 kun S. qilinadi. Olma, nok, behi, bodom, yongʻoq va b. meva urugʻlari okt. — noyab. da ekilganda, bahorgacha Stratifikatsiya davrini yerda oʻtkazib, yaxshi unib chiqishi ham mumkin. Togʻolcha, olcha, gilos va b. mevali daraxt danaklari esa Stratifikatsiya davrini toʻliq oʻtkazishi uchun mevadan ajratilgach, qumlanib, kuzgacha saqlanadi;

2) atmosferadagi muvozanat shartlarini belgilovchi havo t-rasining vertikal boʻyicha taqsimlanishi; havoning vertikal siljishi ortishiga yoki kamayishiga yordam beradi. Noturgʻun Stratifikatsiyada balandlik oshishi bilan tra pasayadi, bu atmosfera konvensiyasiga imkon beradi.


Lotin alifbosida maqola: STRATIFIKATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOGʻDORCHILIK
YER
Farrux Raimov - Shaftoli
DORIVOR OʻSIMLIKLAR
Tushda shaftoli ko`rsa nima bo`lishi haqida.


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты