STRATIFORM KONLAR

STRATIFORM KONLAR — foydali qazilmalarning vulkanogenchoʻkindi va qatqatli choʻkindi togʻ jinslari qalin qatlamlaridagi bir yoki bir necha stratigrafik gorizontda toʻplangan uyumlari. Stratiform konlar singenetikmagmatik va epigenetikpostmagmatik yoʻllar bilan xreil boʻladi. Karbonatli jinslar qatlamlaridagi qoʻrgʻoshinrux (AQSH, Missisuri shtatidagi konlar) hamda qumtosh va slanes qatlamlaridagi mis konlari (Qozogʻiston, Jezqazgan koni) Stratiform konlar uchun xarakterli. Stratiform konlarda qatlam tanalari oʻzini sigʻdirgan va ular bilan muvofiq yotgan togʻ jinslariga nisbatan koʻp. Ular rudalarning oddiy mineral tarkibi bilan farq qiladi, bu esa rudali jinslarning bir yoki bir nechta katlamlarida mis, rux, qoʻrgʻoshin sulfidlarining xolxolligi va hamroh minerallarning miqdoriga bogʻliq. Stratiform konlar katta hajmdagi keng qamrovli rivojlanishga ega boʻlib, bepoyon rudali r-nlar va provinsiyalarda shakllanadi (mas, Missisipi vodiysidagi qoʻrgʻoshinrux konlari). «Stratiform konlar» termini, ushbu konlarning paydo boʻlish muammosi yuzasidan 1969-y. da NyuYorkda oʻtkazilgan konferensiyada qabul qilingan. Oʻzbekistonda Stratiform konlar sirasiga Uchquloch (Shim. Nurota tizmasi), Sarikon, Konjaylov (Chatqol tizmasi) kabi qoʻrgʻoshinrux konlari kiradi.


Lotin alifbosida maqola: STRATIFORM KONLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MINERAL
QOZOGʻISTON
STRATIGRAFIYA
TOGʻ JINSLARI TUZILISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты