SHPAKLYOVKA

SHPAKLYOVKA (nem. «kurakcha» soʻzidan; kurakcha bilan tekislash) — boʻyashdan oldin sirtlarni tekislash maqsadida surkaladigan massa. Kukun holatidagi boʻr, talk, ohak, gips va boshqalarga alif moy, yelim, lok kabi moddalarni qoʻshib aralashtirish yoʻli bilan tayyorlanadi. Shpaklyovkaning lokli, moyli va yelimli xillari boʻladi. Shpaklyovkani sirtlarga kurakcha bilan surkash jarayoni shpaklyovkalash (tekislash) deb yuritiladi. Shpaklyovka surkalgan qatlam (odatda, 1 mm gacha) quriganidan keyingina jilvir qogʻoz bilan yaxshilab silliqlab, keyin boʻyaladi. Lokli Shpaklyovka, asosan, mashinasozlikda, moyli va yelimli Shpaklyovka qurilishda ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: SHPAKLYOVKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Rihanna - Talk That Talk (feat. Jay-Z)
QOGʻOZ
YER
Дима Билан - Honey
BOʻR SISTEMASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты