STROBOSKOP

STROBOSKOP (yun. strobos — tartibsiz harakat va skopeo — qarayman) — biron bir buyum yoki manzarani kuzatayotganimizda shu buyum yoki manzara yoʻqolganda ham uning qiyofasi koʻz oʻngimizda namoyon boʻlib turaverishi hodisasi (koʻrish inersiyasi)ni namoyish qilish uchun moʻljallangan asbob. Umumiy oʻkda aylanadigan ikkita diskdan iborat. Birinchi diskda, xuddi soat siferblatidagidek, biron bir takrorlanuvchi jarayonning turli fazalariga mos shakllar tushirilgan. Ikkinchi diskda qator uzunchoq tirqishlar ochilgan. Disklar aylantirilganda kuzatuvchi kuzatish darchasi va shu uzunchoq tirqishlar orqali qarab, birinchi diskdagi shakllar harakatini birinketin koʻradi. Har bir shakl bilan navbatdagi shakl harakati orasida muayyan bir oniy vaqt oʻtadi. Lekin kuzatuvchiga shakllarning harakati yaxlit (uzluksiz) boʻlib tuyuladi. Bu qad. oʻyinchoq asbobning ishlash prinsipi odam koʻzining koʻrish illyuziyasi xossasiga asoslangan. Stroboskop xususiyatidan koʻpgina i. t. ishlarida, har xil asboblar yasashda, kinematografiya va televideniyeda keng foydalaniladi (q. Stroboskopik effekt).


Lotin alifbosida maqola: STROBOSKOP haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
XITOY
FIZIKA
XALQ IJODI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты