SHPENGLER

SHPENGLER Osvald (1880.29.5, Blankenburg, Gars — 1936.8.5, Myunxen) — nemis faylasufi, tarixchi, hayot falsafasi namoyandasi. Asosiy asari «Yevropaning soʻnishi» (1918—22) katta muvaffaqiyat qozongandan soʻng tanilgan. 20-y. larda fashizmga yaqin yoʻnalishdagi publitsistik chiqishlar qilgan, ammo 1933 yil natsistlarning hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi takliflarini rad etgan. Shpenglerga Nisshe falsafasi hal qiluvchi taʼsir koʻrsatgan. Shpengler oʻz qarashlarida cheksiz kengayib ketgan organik hayot tushunchasiga tayanadi. Madaniyatni u «organizm» sifatida talqin qiladi va yagona, umuminsoniy madaniyat yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas, deb hisoblaydi. Shpengler 8 ta madaniyatni: Misr, Hind, Bobil, Xitoy, «apollon» (yunonrum), «afsungarlik» (vizantiya-arab), «faust» (Gʻarbiy Yevropa) va mayya madaniyatini ajratib koʻrsatadi; russibir madaniyati paydo boʻlishi kutilyapti, deb uqtiradi. Shpenglerga koʻra, har bir madaniy «organizm»ga uning ichki hayotiy sikliga bogʻliq holda oldindan muayyan muddat (ming yilga yaqin) belgilab beriladi. Madaniyat oʻlib borib oʻrnini sivilizatsiya egallaydi. Madaniyatdan sivilizatsiyaga oʻtish ijodkorlikdan unumsizlikka, tiklana borishdan qotib qolishga, qahramonona ishlardan oddiy ishga oʻtishni anglatadi; yunonrum madaniyati uchun bu jarayon ellinizm davrida, Gʻarb dunyosi uchun esa — 19-asrda roʻy berdi va uning «soʻnishi» boshlandi. Shpenglerning fikricha, sivilizatsiya kirib kelishi bilan badiiy va adabiy ijodning keragi boʻlmay qoladi. Shuning uchun u madaniyatga doir narsalarni yigʻishtirib qoʻyib, sof texnitsizmga berilishni taklif ztadi.


Lotin alifbosida maqola: SHPENGLER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
YER
YAPONIYA
TOSHKENT
GERMANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты