SHPINDEL

SHPINDEL (nem. urchuq) — 1) metall qirqish stanogining ish vali. Unga asbob (freza, parma, jilvir tosh va boshqalar) yoki ishlov beriladigan buyum mahkamlanadi. Shpindel tishli va tasmali uzatma orqali yoki bevosita elektr dvigatel yoki havo turbinasidan harakatga keltiriladi;

2) prokat stani vallarini aylanma harakatga keltiruvchi oraliq val. Sh. ning bir uchiga prokatlash vali (joʻva), ikkinchi uchiga harakatlantirish vali qoʻzgʻaluvchan qilib biriktiriladi; 3) yigirish mashinasi urchugʻi;

4) kema shpali (chigʻiri) ning oʻqi yoki klapanining sterjeni;

5) paxta terish mashinasi ish organi. Paxta terishapparatiga oʻrnatilishiga qarab, Shpindel vertikal (tik) va gorizontal (yotiq) xillarga boʻlinadi, paxta terish mashinasi esa vertikal Shpindel li mashina va gorizontal Shpindel li mashina deb nomlanadi. Oʻzbekistonda 20-asr 90-y.

lari oʻrtalarigacha asosan vertikal Shpindel li mashinalardan foydalanilgan, bundan keyin gorizontal Shpindel li mashinalar ham ishlatila boshladi. Vertikal Shpindelning dastlabki xillari poʻlat val (sterjen) yoki truba (quvur) sirtiga 3 yoki 4 qator vertikal arrasimon tishlar qirqib chiqarilgan. Bunday Shpindellar paxta terish jarayoni talablariga toʻliq javob bermasligi (ularni tayyorlash va taʼmirlash texnologiyalari murakkabligi, terilgan paxtaning sifatiga taʼsir qilishi, tishlarni teztez yuvib turish lozimligi) ni hisobga olib, oʻzi tozalanadigan tarkibiy Shpindel yaratildi. Uning asosiy ish organi — ikki yoniga shtamplab tishlar chiqarilgan poʻlat lenta. Uni 4 qirrali poʻlat quvurga spiral holida oʻrab (tishlarini vint chizigʻi boʻyicha joylashtirib), bir uchi mahkamlangan va ikkinchi uchi boʻsh qoldirilgan. Bunday konstruksiyadagi Shpindel tebranma harakatlanishi natijasida sirtiga, tishlariga gʻoʻza tupi, barglari va oʻtlarning shirasi yopishmasligi tufayli terim mashinasining ish unumdorligi oshdi, terilgan paxtaning ifloslanishi va tolaning mexanik shikastlanishi kamaydi, eng asosiysi Shpindelni teztez yuvib turishga hojat qolmadi. Vertikal Shpindel li paxta terish mashinasining barabaniga 12 tadan Shpindel oʻrnatilgan. Mas, ikki qatorli terim apparatida 8 ta baraban boʻlib, Shpindellar soni 96 taga yetgan. Shpindel tish chiqarilgan qismining uz. 60 mm.

Gorizontal Shpindel poʻlat sterjendan tayyorlanadi. Uz. 145 mm boʻlib, 3 qatorli tish qirqib chiqarilgan 70 mm li qismi konussimon shaklda, ikkinchi uchiga harakatga keltiruvchi konussimon tishli gʻildirak (shesternya) yasalgan. Bunday Shpindellar kassetalarga oʻrnatiladi. Mas, 2 qatorli mashinada 48 ta kasseta boʻlib, har biriga 18 tadan Shpindel oʻrnatiladi, ularning mashinadagi umumiy soni 864 ta. Texnologik jarayon (paxta terish)da Shpindel tishlariga shira yopishmasligi uchun shu 864 ta Shpindelning har birini suv bilan namlab turish maqsadida poleuratandan tayyorlangan yostiqcha, suv bilan taʼminlash usukunalari, 500 l hajmli bakdagi suvni yostiqchalarga yetkazib beradigan nasos koʻzda tutilgan. Gorizontal Shlar taʼmirlanmaydi, maʼlum muddat ishlatilgach, tashlab yuboriladi. Shpindel larning ishlash tartibi paxta terish mashinasi maqolasida keltirilgan.

Vertikal Shpindellar tuzilishi, tayyorlanishi va ishlatilishi jihatdan gorizontal Shpindel larga nisbatan ancha ustun va arzon turadi. Vertikal Shpindel, asosan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan, gorizontal Shpindel AQSH da ishlab chiqariladi. Oʻzbekistonlik olim va ixtirochichkonstruktor L. M. Rozenblyum Oʻzbekiston sharoitida vertikal Shpindelning gorizontal Shpindeldan afzalligini ham nazariy, ham amaliy jihatdan isbotlagan. Tarkibiy vertikal Shpindelni Oʻzbekiston FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi intida akad. H. H. Usmonxoʻjayev va texnika fanlari nomzodi Q. Inogʻomovlar yaratishgan.

Anvar Rizayev, Qoʻrqmas Inogʻomov.


Lotin alifbosida maqola: SHPINDEL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PAXTA TERISH MASHINALARI
PROKAT STANI
YER
YIGIRISH
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты