STRUKTURAVIY TILSHUNOSLIK — tilshunoslik yoʻnalishlaridan biri; tilga nisbatan ilmiy karashlar va uni tadqiq etish usullari majmui. Tilni anik, ajralib turadigan struktur (tarkibiy) elementlar (lisoniy birliklar, ularning turkumlari va b.)ga ega boʻlgan belgilar tizimi tarzida tushunish va tilni qatiy (aniq fanlarga oʻxshatib) formal tavsiflashga intilish mazkur karashlar va usullar asosini tashkil etadi. St. oʻz nomini til strukturasiga boʻlgan alohida eʼtibori tufayli olgan. Til strukturasi (tuzilishi) esa, odatda, lisoniy tizimning muayyan sathlar doirasida iyerarxik (pogʻonali) bogʻlanishda joylashgan va tartibga solingan elementlari oʻrtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Tilni struktur jixatdan tavsiflash aniq bir matndan umumlashgan invariant (oʻzgarmas) birliklar (ran qoliplari, morfemalar, fonemalar)ni ajratish va ularni anik, nutk,iy boʻlaklar bilan munosabatini qatʼiy qoʻllanish qoidalari asosida aniqlashga imkon beruvchi taxlilni talab qiladi.
St. gʻoyalari asosida strukturaviy (formal) grammatika yuzaga keldi, mashina tarjimasi bilan bogʻliq masalalar kun tartibiga olib chiqildi va maʼlum darajada oʻz yechimini topdi, tilshunoslikda matematik tadqiqot usullarining keng qoʻllanishiga imkon tugʻildi. St. garchi 20-a. ning 20 — 30y. larida alohida yoʻnalish sifatida shakllangan boʻlsada, uning dastlabki kurtaklari qad. hind tilshunosi Panini asarlarida, oʻrta asrlardagi universal grammatikalarda, R. Dekart va G. V. Leybnisningfalsafiylingvistik grammatikalarida uchraydi. Strukturaviy tilshunoslikning paydo boʻlishida I. A. Boduen de Kurtene, F. F. Fortunatov, E. Sepir, L. Blumfild, ayniqsa, F. seSossyurning ilmiy izlanishlari va amaliy faoliyati muhim roloʻynagan. Strukturaviy tilshunoslikning konsepsiya va metodlari uning ayrim maktablari (Praga lingvistik toʻgaragi — funksional tilshunoslik; Kopengagen maktabi — glossematja; Amerika maktabi — deskriptiv tilshunoslik) hamda bu maktablarga mansub boʻlmagan E. Benvenist, A. Martine, L. Kurilovich, Ye. D. Polivanov va b. olimlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Strukturaviy tilshunoslikning 50y. largacha boʻlgan rivojlanish bosqichida tilni formal tavsiflash, uning mazmun jihatini inkor qilish, til tizimini matematik tizim sifatida tushunish ustunlik qilganligi sababli Strukturaviy tilshunoslik qatgaq tanqidga uchragan. 50y. lardan keyin esa lisoniy maʼnoni oʻrganish kuchayadi, maʼnomazmunni tavsiflashning struktur usullari ishlab chiqiladi. Bu davrda fonologik tahlil usullari grammatika va semantikaga koʻchiriladi. Strukturaviy tilshunoslikning oʻzi esa yangi yoʻnalishlarga kushilib ketib, 70y. larda alohida yoʻnalish sifatida barham topadi. Strukturaviy tilshunoslik ishlab chiqqan usullar adabiyotshunoslik, etnologiya, psixologiya, antropologiya, sanʼatshunoslik kabi ijtimoiygumanitar fanlarda boshka usullar bilan yonmayon qoʻllanmoqda.
Ad.: Osnovnыye napravleniya strukturalizma, M., 1964; Zasorina L. N., Vvedeniye v strukturnuyu lingvistiku, M., 1974; Revzin I. I., Sovremennaya strukturnaya lingvistika, M., 1977.