SHTAMP

SHTAMP (ital. muhr) — 1) texnikada — material (metall, plastmassa va boshqalar)ga bosim bilan ishlov berib va uni qismlarga boʻlib muayyan shakldagi buyumlar tayyorlash uchun moʻljallangan asbob. Materialga tekis va hajmiy; sovukdayin va qizdirib ishlov beruvchi turlarga boʻlinadi. Sovuqlayin ishlov berish uchun moʻljallangan Shtamp, asosan, ikki qism: matritsa (qolip) li pastki qism va bir yoki bir necha puanson oʻrnatilgan yuqori qismdan iborat boʻladi. Qizdirib ishlov berish uchun moʻljallangan Shtampning bolgʻalash, choʻktirish, kesish, egish va boshqalar xillari boʻladi. Har qaysi detal uchun «oʻzining» (yaʼni uning shakliga mos) Shtampi ishlatiladi. Shtampning konstruksiyasi buyum (detal) tayyorlanadigan materialga, shtamplashda foydalaniladigan mashina turiga (bolgʻa, bosqon, press va boshqalar), bajariladigan amallar (operatsiyalar) xiliga (qirqish, oʻyib tushirish, egish va boshqalar), ishlab chiqarishning turiga (donalab, koʻplab yoki seriyalab ishlab chiqarish) va boshqalar omillarga bogʻliq boʻladi. Shtamp ochiq va berk, bir va koʻp ariqchali turlarga ham boʻlinadi. Ochiq Shtampda ishchi elementlar (puanson va matritsa) orasidagi tirqish ish jarayonida oʻzgaradi, berk Shtamp larda bu tirqish oʻzgarmaydi. Materiallarga bosim bilan (Sh. yordamida) ishlov berish usuli shtamplash deb ataladi. Shtamplashda buyumning shakli va oʻlchamlari Shtampning shakli va oʻlchamlariga mos boʻlib chiqadi; 2) muassasa hujjatlari va xizmatga oid rasmiy qogʻozlarning burchaklariga bosiladigan, shu muassasaning nomi, qaysi yuqori tashkilotga qarashli ekanligi aks ettirilgan muhr (odatda, toʻrtburchak shaklida boʻladi) va muhr izi.


Lotin alifbosida maqola: SHTAMP haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Sean Paul - Press It Up
BOLGʻA
TOSHKENT
PUANSON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты