SHTANGENSIRKUL (nem. sterjen va sirkul) — detallarning tashqi va ichki chiziqli oʻlchamlari, diametrlari va chuqurliklarini oʻlchash uchun moʻljallapgan asbob. Asosiy qismlari: darajalangan shtanga, shtangada suriladigan ramka, darajalangan nonius, yuqori va pastki jagʻlar, mikrometrik surgich. Shtangensirkulning yuqori jagʻlari bilan detalning ichki oʻlchamlari, pastki jagʻlari bilan esa tashqi oʻlchamlari oʻlchanadi. Shtangensirkul bilan oʻlchangan qiymatning butun sonlari shtanga boʻlinmalaridan, millimetr ulushlari esa ramkadagi kokiusdan hisoblanadi. Shtangensirkulning oʻlchash aniqligi 0,1—0,05 mm, oʻlchash chegarasi 2000 mm gacha.