SUBSIDIYA

SUBSIDIYA (lot. subsidium — yordam, nafaqa, qoʻllabquvvatlash) — davlat byudjeti, maqalliy byudjetlar mablagʻlari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul mablagʻi yoki natura shaklidagi yordam. Mablagʻlar koʻrinishidagi aniq manzilli Subsidiyalar 6evosita S, soliq yoki boshqa imtiyozlarni joriy etish bilvosita Subsidiya deb ataladi. Subsidiya davlat tomonidan qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladi. Subsidiyalar iqtisodiyotni diversifikatsiyalash (tarkiban oʻzgartirish), eksportimportni muvozanatlab turish, fantexnika yangiliklarini oʻzlashtirishni yoʻlga qoʻyish, milliy sanoatni oʻstirish, ayrim hududlarni rivojlantirish, konversiya va b. maqsadlarda ajratiladi. Jahon bozoridagi narxni ushlab turish uchun bozorga qoʻshimcha tovarlarni chiqarmaslik zarur boʻlganda davlat oʻz tovarlarini zaxiraga oʻtkazib turgan firmalarga Subsidiya berib, tovarlarni saqlab turish xarajatlarini qoplaydi. Davlatning iqtisodiy dasturlarida ishtirok etadigan korxonalar ham Subsidiya oladi.


Lotin alifbosida maqola: SUBSIDIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DAVLAT BYUDJETI
TOSHKENT
FRANSIYA
YAPONIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты