SUBYEKTIVIZM — voqelikni subyektga qarab biladigan, yaʼni ongni birlamchi yaratilgan, boshqa hamma narsalar ongning shakli, mazmuni yoki uning ijodi mahsuli hisoblanadi deb izohlovchi qarash. Subyektivizm tushunchasini Dekart joriy qilgan. J. Berkli idealizmi bunday Subyektivizmning eng keskin shakli hisoblanadi. Kantchilikni shu xildagi Subyektivizmning oʻrtacha koʻrinishi deyish mumkin. Neopozitivizmning turli koʻrinishlari ham bir jihatdan shunday Subyektivizmga yaqin keladi. Subyektivizm soʻzi tor maʼnoda — intellektual haqiqatning, shuningdek, axloqiy va estetik qadriyatlarning sof subyektivligi, ularning mutlaq ahamiyat kasb etishini inkor qilish toʻgʻrisidagi taʼlimotdir. Kamdankam hollarda bunday Subyektivizm nazariyada solipsizmga, etikada esa — egoizmta olib keladi. Xususan, sofispglar va kirena maktabi vakillari nazariyada, gedonistlar — etikada, Yangi davr (19-a.)da esa, xususan, Shtirner subyektivistlar boʻlgan edi.