SUV AYLANISHI, namlik aylanishi — suvning Yer geografik qobigʻida uzluksiz koʻchish jarayoni. Koʻpincha, uning fazoviy oʻzgarishlari bilan birga kuzatiladi. Asosan, suvning bugʻlanishi (rayemga q.), suv bugining masofaga koʻchishi (8), uning kondensatsiyalanishi, bulutlarning yogʻin shaklida tushishi (2, 3), tushgan yogʻin suvining yerdan sizib oʻtishi (5) — infiltratsiyasi va suvning oqib tushishidan (6,
7) tarkib topgan. Suv havza, tuproq va oʻsimliklar yuzasidan bugʻlanib atmosferaga suv bugʻi shaklida koʻtariladi. Atmosferada suv bugʻi turbulentli diffuziya vositasida yuqoriga tarqaladi va havo oqimi yordamida Yer ustining bir joyidan boshqa joylariga koʻchadi. Nam havo t-rasining pasayishi natijasida suv bugʻi ham adiabatik (q. Adiabatik jarayon), ham issiklikni qaytarishi natijasida suyuq yoki qattiq holatga oʻtib kondensatsiyalanadi; budut va tumanlar hosil boʻladi. Suv bugʻining kondensatsiyalanishi qisman Yer usti gidrometeorlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Shuningdek, bulutlar havo oqimlari orqali ham koʻchiriladi. Suv Yer yuzasiga bulutlardan yogʻin shaklida tushib yana bugʻlanadi va h. k. Bunda quruqgtikxa tushgan suvning bir qismi havzalarga oqib tushadi. Issiqlikning aylanishi va atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasi bilan birga Suv aylanishi asosiy iqlim hosil qiluvchi jarayonlardan biridir. Yer yuzidan suvning umumiy mikdori hoz. geologik va tarixiy davrda oʻzgarmay qoladi; bunda Dunyo okeanining sathi va atmosferaning oʻrtacha nam saklashi ham oʻzgarmaydi. Bu, demak, butun Yer shari uchun uzoq davr davomidagi yogʻinlar bugʻlanishiga tengdir. Yerga bir yilda oʻrtacha tushadigan yogʻin miqdori qatlami bal. 1000 mm, yaʼni 511 ming km3 ga teng (taxm. Qora dengizdagi suv miqdoridan 7-marta ziyod). Bu miqdorning 21% (108 ming km3) quruqlikka tushadi va 79% (403 ming km3) okeanlarga yogʻadi. Barcha yogʻinlarning deyarli yarmisi shu kabining 20° va j. k. ning 20° orasida tushadi. Ikkita qutbiy zonalarga jami yogʻinning atigi 4% toʻgʻri keladi. Dunyo okeani uchun bugʻlanish yogʻinlar miqdoridan koʻp, quruqlik uchun esa — kam. Dunyo okeani yuzasidan yiliga oʻrtacha 1250 mm (450 ming km3) qalinlikdagi suv qatlami bugʻlanadi, shundan 1120 mm okeanga yogʻin shaklida qaytib keladi va 130 mm — quruqlikdan oqib tushadi. Yiliga quruqlik yuzasidan oʻrtacha 410 mm (61 ming km3) suv qatlami bugʻlanadi, yogʻin esa quruqlikka 720 mm miqdorda tushadi. Bugʻlanishdan tashqari quruklik oqib tushish orqali 310 mm (47 ming km3) suv yoʻqotadi (bu esa Qora dengizdagi suvning miqdoridan ʻGʻ2-marta koʻproq). Yerning ayrim mintaqa va oblastlari uchun Suv aylanishi tarkibini tashkil etuvchilarning nisbati oʻrtacha sharoitlardan keskin farklanishi mumkin. Yogʻinlarning umumiy mikdori bugʻlanishdan ancha koʻp yoki kam boʻlgan oblastlar mavjud. Okeanlar yuzasidan bugʻlangan suv yogʻin shaklida nafaqat okeanlarga, balki suv bugʻi havo oqimi bilan koʻchirilgan materik ustiga ham tushadi. Quruklikka suv shaklida yogʻadigan yogʻinlar asosiy qismining kelib chiqishi okean bilan bogʻliq. Quruqlikka yogʻib va yana bugʻlanib, ushbu suv takroran shu materik yoki materik oblastiga yogʻishi mumkin (ichki Suv aylanishi). Ichki Suv aylanishi barcha yogʻinlar miqdorining ayrim qismini tashkil qiladi.
Tohir Muxtorov.