SUV OLISH INSHOOTLARI

SUV OLISH INSHOOTLARI, suv olgichlar — suv manbalari (dare, koʻl, suv ombori, yer osti suvlari va b.) dan sugʻorish, gidroenergetika yoki shu kabi tarmoklarga suv olish uchun quriladigan gidrotexnika inshootlari. Dalalarni sugorish, yaylovlarga suv chiqarish, elektr st-yalarga suv berish, aholi punktlari va sanoat korxonalarini suv bilan taʼminlash uchun quriladi. Suv olish inshootlari suv yoʻliga zurur mikdorda, sifati saqlangan va suv isteʼmoli grafigiga muvofiq suv tushishini taʼminlashi shart. Suv olish inshootlari toʻgʻonsiz, toʻsikli va toʻgʻonli boʻladi. Toʻgʻonsiz suv olgich, asosan, suvni oʻz oqimi bilan chiqarish imkoniyati boʻlgan sharoitlarda quriladi. Bu hollarda oqiziq hosil boʻlishini bartaraf etish uchun maxsus tindirgichlar quriladi yoki zemsnaryadlardan foydalaniladi. Toʻgonsiz suv olgichlar bir quloqli yoki koʻp qulokli boʻlishi mumkin. Bir qulokli Suv olish inshootlari bevosita daryo qirgogʻidan boshlanadi yoki daryo oʻzaniga kirgan boʻladi (mas, Norin daryosida Shim. Fargʻona kanali, Vaxsh daryosida Vaxsh kanali Suv olish inshootlari). Koʻp quloqli suv olgichlarda daryo qirgʻogʻining bir necha joylarida bir kanalga suv beruvchi yoʻlaklar qaziladi (mas, Amudaryoda AmuBuxoro mashina kanali, Paxtaarna va Qoraqum kanallari). Koʻp qulokli Suv olish inshootlari daryolardan kanallarga uzluksiz suv oʻtishini va suv bilan taʼminlanishni birmuncha oshiradi. Yoʻlkalar tindirgich vazifasini ham oʻtaydi va extiyojga koʻra, navbatmanavbat ishlatiladi.

Sugʻoriladigan maydon daryodagi suv sathidan balandda joylashgan boʻlsa, mashina (nasos) S. o. i. — nasos stansiyalari quriladi (1rasm). Toʻsiq (shpora) li suv olgich daryo suvi sathi past boʻlgan hollarda suvni damlashda tosh, shoxshabba kabi mahalliy materiallardan toʻsiq yasab quriladi (2rasm). Toʻsiq qarshi qirgʻoqqacha davom etishi shart emas. Hoz. toʻsiqli Suv olish inshootlari deyarli qoʻllanilmaydi. Toʻgʻonli Suv olish inshootlari turgʻun suv olish uchun daryo suvi sathini bir xil darajada saklab turishni taʼminlaydi. U gidrouzel tarkibiga kiradi; kichik, oʻrta va yuqori bosimli, suv olish sharoitiga qarab bir tomonli — suvni faqat bir qirgʻoqqa beradigan (Chirchiq daryosida Chapqirgʻoq Qorasuv), qoʻsh tomonli — suvni ikkala qirgʻoqqa oqizadigan (Zarafshon daryosida Birinchi May); frontal — oqim yoʻnalishiga perpendikulyar joylashgan (Qurshob daryosida Qurshob) va yonbosh — oqim yoʻnalishiga malum burchak ostida joylashgan (Amudaryoda Taxiatosh) S. o. i. ga boʻlinadi.

Daryolarda suv sathi va sarfining keskin oʻzgaruvchanligi, oqimlarning juda ham loyqaligi sugʻoriladigan yerlarga suv berishni qiyinlashtiradi. Bu sharoitlarda Suv olish inshootlari daryoda zarur suv sathini vujudga keltiradi, sugʻorish uchun zarur suvSuv sathi ni xoxdagan vaqtda (toshqin, yoz chillasi) beradi, kanallarni loyqa bosi shidan himoya qiladi.

Ad.: Husanxoʻjayev Z. H, Gidrotexnika inshootlari, T., 1978; Gidrotexnicheskiye soorujeniya, M., 1978.

Masharif Boqiyev.


Lotin alifbosida maqola: SUV OLISH INSHOOTLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
YER
TOSHKENT
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты