SHULXA

SHULXA (rus. sheluxa — qobiq, poʻchoq) — chigitdan moy olishda chiqadigan qoʻshimcha mahsulot; chorva mollari uchun ozuqa. 1 t chigitdan 300 kg atrofida Shulxa olinadi. Tarkibida 4—6% oqsil, 2—3% yogʻ, 37% azotsiz ekstraktiv moddalar va 43% kletchatka, 0,02% erkin gossipol bor. 1 kg Shulxada 0,21 ozuqa birligi, 10 g oqsil, 1,9 kalsiy va fosfor, 0,02—0,05% zaharli yoki zararli modda boʻladi. Gidroliz sanoatida 1 t Sh. dan 85 l spirt, 300 kg linolit (qurilish plitalari), 28 kg karbonat angidrid, 20 kg sirka kislota va boshqalar olinadi. Shulxa asfaltlangan ochiq maydonlarda bunt holida saqlanadi, saqlash muddati 6 oydan oshmasligi kerak. Shu muddat oʻtgach, uning sifati tekshirib turiladi (q. Yogʻmoy sanoati).


Lotin alifbosida maqola: SHULXA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YOGʻ
KALSIY
YOGʻMOY SANOATI
TOSHKENT
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты