SHUMANAY

SHUMANAY — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Shumanay tumanidagi shahar, tuman markazi. Nukusdan 90 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Qorabayli (22 km). Aholisi 12,4 ming kishi (2003). Aholisi va xoʻjaliklari Shumanay kanalidan suv oladi. Mahalliy tarixchilarning maʼlumotlariga koʻra, Shumanay Amudaryo Kaspiy dengiziga quyilib turgan paytlarida va undan keyingi, Aybuyir (Jampiqqalʼa) etagi orqali Orol dengiziga quyilgan davrlarda bir qadar yirik aholi punkti boʻlgan. Amudaryo oʻzanini oʻzgartirgandan keyin Shumanay hududi choʻlga aylangan va bir asrga yaqin qalin changalzor boʻlib yotgan. 1940-yillarning boshidan Shumanay hududiga hoz. Navoiy viloyatining Tomdi, Qoraqalpogʻistonning Xoʻjayli tumanlaridan yeri unumsiz boʻlib qolgan qishloqlar aholisi, qoʻychilik bilan shugʻullanuvchi chorvadorlar koʻchib kelishgan.

Shumanayda «Shumanay momigʻi» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli paxta tozalash z-di, gʻisht z-di, xoʻjaliklararo koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna, qurilish-taʼmirlash boʻlinmasi, qishloq qurilishtaʼmirlash korxonasi bor. Avtokorxona, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Umumiytaʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, 2 kasb-hunar kolleji, bioekosan markazi, kasb-hunar oʻrganish markazi mavjud. Madaniyat saroyi, markaziy kutubxona va uning tarmoqlari, sport majmuasi va boshqalar sport inshootlari bor. Markaziy tuman kasalxonasi va uning boʻlimlari, poliklinika va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi.


Lotin alifbosida maqola: SHUMANAY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QORAQALPOGʻISTON
AMUDARYO
ALISHER NAVOIY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты