SHUMERLAR

SHUMERLAR, shumeriylar — Janubiy Mesopotamiya (hoz. Iroq)da yashagan qadimiy xalq. Oz sonli lingvistik va toponimik maʼlumotlarga koʻra, Shumerlar mamlakatning tub joy aholisi boʻlmagan. Ular bu hududga kamida mil. av. 4-ming yillikda kelishgan. Antropologik jihatdan yevropeoid boʻlishgan. S. P. Tolstovning fikricha, Shumerlar tili koʻp jihatdan Oltoy til guruhiga mansub turkiy tillarga oʻxshash boʻlgan (q. Shumer shili).

Shumerlar dastlab, Mesopotamiyaning katta qismini egallashgan. Mil. av. 3-ming yillikning 2-choragida (ehtimol undan avvalroq) Janubiy Mesopotamiyaning shim. ga joylashgan sharqiy somiylar — akkadlar tomonidan jan. roqqa siljiganlar. Mil. av. 2-ming yillikning 1-yarmida Shumerlar va sharqiy somiylar yagona — akkad xalqi boʻlib birlashganlar. Shumerlarda boshqa dinlar qatori tangrichilik ham tarqalgan. Shumer tili Mesopotamiyada din va ilm-fan tili sifatida mil. av. 2—1-asrlargacha saqlanib qolgan. Sh. Mesopotamiyada eng qadimiy yozuv — mixxatning ijodkorlari hisoblanadi. Shumerlarning madaniy merosi haqida q. BobilOssuriya madaniyati.


Lotin alifbosida maqola: SHUMERLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
IROQ
XITOY
TOSHKENT
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты