SUV XOʻJALIGI

SUV XOʻJALIGI — xalq xoʻjaligi tarmogʻi; suv resurelarini oʻrganish, hisobga olish, undan kompleks foydalanishni rejalashtirish, sugʻorish sistemalarini ekspluatatsiya qilish, yer osti va yer usti suvlarini ifloslanishdan, tugab qolishdan saqlash, shuningdek, uni isteʼmolchilarga yetkazib berish bilan shugʻullanadi. Suv xoʻjaligi vazifasiga yerlarni sugʻorish, zaxini qochirish, yaylovlarni suv bilan taʼminlash; tuproq qatlamining yuvilib ketishi va jarliklar hosil boʻlishining oldini olish; yerlarni, binolar, inshoot va b. obyektlarni suv toshqini va suv bosishdan muhofaza qilish; sanoat, qishloq xoʻjaligi., aholini suv bilan taʼminlash (q. Suv taʼminoti), suv energiyasidan foydalanish; balikchilik va baliq ovlash, kema qatnashi va yogʻoch oqizish ishlari uchun zarur boʻlgan inshoot va moslamalarni qurish; suv resurelarining behuda sarflanishi, kamayib ketishi va ifloslanishidan muhofaza qilish va b. ishlar kiradi. Suv resurelariaan foydalanish tartibiga koʻra, xalq xoʻjaligi tarmoqlari suv isteʼmolchi va suvdan foydalanuvchi tarmokGʻiapra boʻlinadi. Suv isteʼmol ch il ar (sanoat, qishloq xoʻjaligi., kommunal xoʻjaligi) suvni manbadan olib, aksariyat tamomila isteʼmol qiladi yoki bir qismini oʻzlashtiradi va bugʻlantirib yuboradi, qolgan qismini esa sifatini oʻzgartirgan (oqova) holda qaytaradi. Natijada manba suvining sifati, mikdori va rejimi oʻzgaradi. Suvdan foydalanuvchilar (gidroenergetika, suv transporta, baliqchilik va b.) suvning oʻzidan emas, uning energiyasidan va suvli muhitdan foydalanadilar, natijada manbadagi suv sifati, mikdori va rejimi oʻzgarmaydi.

Oʻrta Osiyoda qishloq xoʻjaligi juda koʻp suv isteʼmol qiladi. Uning hissasiga sugʻorma dehqonchilikda toʻliq sarflanadigan umumiy suv miqdorining 80—90% ga yaqini yoki yiliga 64 mlrd. m3 toʻgʻri keladi. Uning asosiy qismi sugorma dehqonchilikda sarflanadi. Arid zonalardagi suv resurelarining eng muhim xususiyati — ularning hududlar boʻyicha notekis taqsimlanganligi, shuningdek, dare oqimining vakt (yillar va mavsumlar boʻyicha oqim oʻzgarishi) oraligʻida noqulay taqsimlanishidir. Ayrim hududlarda suv resurslari va unga boʻlgan ehtiyoj oʻrtasidagi nomuvofiklikni yoʻqotish uchun gidrotexnika inshootlari: daryo va kanallar oqimini koʻp yillik, yillik, mavsumiy va oy, hafta va sutka davomida tartiblovchi suv omborlar (q. Suv ombori), daryo oqimini hudud boʻylab taqsimlovchi kanallar; daryo va suv omborlari va shu kabidan suv oluvchi nasos stansiyalari (q. Nasos stansiyasi) quriladi. Gidrotexnika inshootlari kompleksining majmui suv xoʻjaligi sistemasini tashkil etadi. Sugʻorish va xalq xoʻjaligining boshqa maqsadlari uchun suvga boʻlgan ehtiyoj kuchaygan hozirgi davrda bir qancha tarmoklarga xizmat qiladigan koʻp maqsadli yirik suv omborlari qurilmoqsa (mas, Chorvoq, Norak, Toʻxtagʻul va b. suv omborlari irrigatsiya va gidroenergetikaga xizmat qiladi), suvni havzalararo taqsimlash va uni uzok, masofalarga olib borish ishlari amalga oshirilmoqda (mas, Amudaryo suvi AmuBuxoro mashina kapali orqali Zarafshon daryosi havzasiga oqizilmoqda).

Oʻzbekistonda Suv xoʻjaligi tarixi juda qadimiy. Sirdaryo va Amudaryo etaklarida mil. av. 8—7-a. lardan boshlab sugʻorma dehqonchilik qilinganligining arxeologik dalillari mavjud. Samarqand vohasi, Fargʻona vodiysida qadimiy sugʻorish inshootlari (kanallar, toʻgʻonlar, korizlar) qoldiqlari hozirgacha saqlanib qolgan. Yirik sugʻorish kanallaridan Boʻzsuv, Zang kabilar qadimiy tarixga ega. 10-a. da Pasttogʻ darasi (Jizzax viloyati Forish tumani)da qurilgan Xon bandi (suv sigʻimi 1,5 mln. m3), 16-a. da Samarqand viloyatida qurilgan Abdullaxon bandi oʻsha davrning noyob inshootlaridan biri boʻlgan.

Oʻzbekistonda Suv xoʻjaligi sistemasi 20-a. ning 20y. laridan boshlab eski sugʻorish tarmoklarini tiklash, yangilarini qurish, sugʻoriladigan yangi yerlarni oʻzlashtirish (Mirzachoʻl, Dalvarzin, Qumqoʻrgʻon dashtlari, Jizzax choʻli, Qizilqum chekkasi) va uning suv taʼminoti, xoʻjaliklararo sugʻorish va kollektordrenaj tarmoklarini qurish va b. bilan bogʻliq holda shakllanadi (q. Kanal, Melioratsiya). Q. x. sugʻorma dehqonchilikka asoslangan Oʻzbekistonda suvni isteʼmolchilarga oʻz vaqtida va kerakli miqsorda yetkazib berish maqsadida koʻplab kanal, gidrouzel, gidrotexnika inshootlari, suv omborlari, doimiy nasos stansiyalari, kollektordrenaj tarmoqlari qurildi. Respublika S. x. da 4,3 mln. ga sugʻoriladigan yerlar va 19,5 mln. ga suv chiqarilgan yaylovlarni suv bilan taʼminlash uchun umumiy suv sarfi 2500 m3/sek boʻlgan 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 mlrd. m3 boʻlgan 53 suv ombori va 25 sel ombori, 32,4 ming km xoʻjaliklararo va 176,4 ming km xoʻjalik sugʻorish tarmoqlari, 5000 ga yaqin nasos agregatlari oʻrnatilgan 1479 doimiy nasos st-yalari va b. inshootlar qurilgan. Suv xoʻjaligi oʻz qurilish industriyasi va mexanizatsiyalashgan suv qurilish tashkilotlariga ega. Suv xoʻjaligi tizimida i. t. intlari, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari (Oʻrta Osiyo irrigatsiya i. t. inti, «Suvloyiha» birlashmasi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya inti, kollejlar), loyihaizlanuv muassasalari faoliyat koʻrsatadi. Suv xoʻjaligiga umumiy rahbarlikni Respublika Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi olib boradi. Vazirlikning viloyatlar boshqarmalari hamda irrigatsiya tizimlari gidrouzellar, kanallar, nasos st-yalari ishlarini boshqaradi. Gidrometriya xizmati joylarda suv taqsimotini hisobga oladi va nazorat qiladi.


Lotin alifbosida maqola: SUV XOʻJALIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
TABIATNI MUHOFAZA QILISH
KIMYO
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты