SHUGʻNON TIZMASI

SHUGʻNON TIZMASI — Gʻarbiy Pomirdagi togʻ tizmasi. Tojikiston hududida. Gʻunt va Shohdara daryolari oraligʻida. Tizma gʻarbdan sharqqa 100 km ga choʻzilgan. Suvayirgʻich qismi qoyali, baʼzi joylari abadiy qor va muzliklar bilan qoplangan. Muzliklarning umumiy mayd. 150 km2 ga yaqin. Eng baland joyi — Qoyali choʻqqisi (5707 m). Bundan tashqari, Shavash, Jerani, Yaxcha, Zarkaz choʻqqilari, Nimosdara, Doʻzahsara dovonlari bor. Sh. t. granit, gneys, kristalli slaneslardan tuzilgan. Yon bagʻirlari tik, qoyali; shuvoq, shoʻra, chalov, betaga va boshqalar oʻsimliklar oʻsadi. Yon bagʻirlarida koʻllar (Turintaygun, Dirimkoʻl, Rivakoʻl va boshqalar) bor. Qishi uzoq, sovuq; yozi qisqa, salqin. Daryo vodiylarida tol, terak, qayin, archa; quyi qismlarida mevali daraxtlar oʻsadi.


Lotin alifbosida maqola: SHUGʻNON TIZMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOJIKISTON
POMIR
TYANOʻPAN
YER
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты