SHChERBAK Aleksandr Mixaylovich (1926.28.12, RF Stavropol oʻlkasi Turkman tumani) — turkiyshunos olim. Turkiya tilshunoslik jamiyati faxriy aʼzosi (1989), xalqaro finugor jamiyatining muxbir aʼzosi (1996), filol. fanlari d-ri (1969). 2-jahon urushi qatnashchisi. Stavropol ped. intining filologiya f-tini tugatgan (1948). 1951-yildan Rossiya FA Lingvistik tadqiqotlar instituti SanktPeterburg boʻlimida katta (1961-yildan), yetakchi (1986-yildan), bosh (1991-yildan) ilmiy xodim. Sh. ning asosiy ilmiy ishlari turkiy tillar, xususan, oʻzbek tili tarixini oʻrganishga, turkiy tillarni qiyosiy tadqiq etishga va oltoyshunoslikka bagʻishlangan. «Qadimgi turkiy til lugʻati» («Drevnetyurkskiy slovar», M., 1969)ning tuzuvchi va muharrirlaridan biri.
As: Grammaticheskiy ocherk yazika tyurkskix tekstov X—XII vv. iz Vostochnogo Turkestana, M. —L., 1961; Grammatika starouzbekskogo yaznka, M. —L., 1962; Vvedeniye v sravnitelnoye izucheniye tyurkskix yaznkov, SanktPeterburg, 1994; Ranniye tyurkskomongolskiye yaznkovne svyazi (8—14 vv.), SanktPeterburg, 1997; Tyurkskaya runika, SanktPeterburg, 2001.