SUVDA VA QURUQLIQDA YASHOVCHILAR

SUVDA VA QURUQLIQDA YASHOVCHILAR (Amphibia) — suvdan quruqlikda yashashga oʻtgan dastlabki umurtqali hayvonlar sinfi. Quruqlikda yashashga oʻtish bilan S va q. ya. ning tuzilishi balikdarga nisbatan takomillashgan, xususan, skeletning tayanch vazifasini bajarishga oʻshii bilan uzun naysimon suyaklar paydo boʻlishi oyoqlarning vujudga kelishiga sabab boʻlgan. Quruqpikda yashash atmosfera havosi bilan nafas olishga imkon beruvchi organ — oʻpkaning rivojlanishiga, qon aylanishi, nerv sistemasi va sezgi organlarining takomillashuviga olib kelgan. Shuning bilan birga Suvda va quruqliqda yashovchilar va q. ya. skeletida togʻayning koʻp boʻlishi, nafas olish, qon aylanishi, ayirish, nerv sistemasi va b. organlarning sodda tuzilganligi, lichinkasining yon chiziqlari, dumi, yuragining 2 kameradan, qon aylanish sistemasining bir doiradan iboratligi ularni quruqlikda yashovchi eng sodda tuzilgan umurtqali hayvonlar ekanligini koʻrsatadi. Koʻpchilik Suvda va quruqliqda yashovchilar va Q. Ya. ning hayoti voyaga yetgan davrida xam suv bilan bevosita bogʻliq.

Suvda va quruqliqda yashovchilar va q. ya. yuqori devon davrida qadimgi panja qanotli baliqlardan kelib chiqqan; ular baliqlar bilan haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar (amniotlar) oʻrtasida oraliq oʻrinni egallaydi. Stegotsefallar deb atalgan qadimgi S va q. ya. bosh qutisi skeleti 1 m gacha boʻlgan. Ular karbon ning oʻrtalarigacha quruklikda yashovchi yagona umurtqalilar boʻlgan. Karbon davri oxiridan boshlab quruqlikda sudralib yuruvchilar hukmronlik qila boshlagan. Hozirgi sudralib yuruvchilar yura davridan maʼlum.

Hoz. Suvda va quruqliqda yashovchilar va q. ya. tanasi uz. 2—3 sm dan 1,8 m gacha. Terisi yumshoq va yupqa boʻlib, shilimshiq bezlar ishlab chiqaradigan suyuqlik bilan doimo hoʻllanib turadi. Teri gaz va suv almashinuvi vazifasini ham bajaradi. Terining bu xususiyati ularning quruklik muhitiga toʻliq moslanishiga imkon bermagan. Bir qancha turlari terisida zaharli suyuklik ishlab chiqaradigan bezlar ham boʻladi. Suvda va quruqliqda yashovchilar va q. ya. hrz. quruqlikda yashovchi umurtqalilar orasida eng sodda tuzilgan boʻlib, skeletida togʻaylar koʻp. Oldingi oyokdari, odatda 4 barmokli, keyingisi — 5 barmokli. Dumli Suvda va quruqliqda yashovchilar va q. ya. dan sirenlarning keyingi oyoqlari, oyoqsizlarning ikkala juft oyoqlari, koʻkrak qafasi boʻlmaydi; ogʻiz boʻshligʻi tubidagi muskullarning qisqarishi tufayli havo oʻpkaga oʻtadi. Ayrim salamandralarda oʻpka boʻlmaydi. Miyacha kuchsiz rivojlangan. Dumsiz Suvda va quruqliqda yashovchilar va q. ya. da oʻrta quloq va nogʻora pardasi rivojlangan. Yuragi 3 kamerali, oʻpkasiz Suvda va quruqliqda yashovchilar va q. ya. yuragi 2 kamerali. Chal yurak boʻlmasiga arteriya qoni, oʻng yurak boʻlmasiga vena qoni va teridan arteriya qoni keladi. Arteriya va vena qoni yurak qorinchasida aralashib ketadi. Gavdadagi boshdan boshka barcha organlar aralash qon bilan taʼminlanadi. Buyragi koʻpchilik baliklarnikiga oʻxshash tana buyrak (mezonefros); buyrak va jinsiy bezlar yoʻli kloakaga ochiladi. Suvda va quruqliqda yashovchilar va q. ya. — gavda harorati oʻzgarib turadigan (poykiloterm) hayvonlar. Hoz. Suvda va quruqliqda yashovchilar va q. ya. 3 turkum 25—30 oilaga mansub 400 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston hududida dumsizlar turkumiga mansub 2 turi (baka va qurbaqa) tarqalgan; dumlilar turkumidan tritonlar akvariumlarda boqiladi. Suvda va quruqliqda yashovchilar va q. ya., asosan, suvda koʻpayadi. Koʻpchilik dumsizlar va ayrim dumlilar uchun tashqi urugʻlanish, koʻpchilik dumlilar va barcha oyoqsizlar uchun ichki urugʻlanish xos. Odatda, tuxum qoʻyadi; ayrim turlari tirik tugʻadi yoki tuxumdan tirik tugʻadi. Lichinkasi voyaga yetgan davridan keskin farq qiladi (ayniqsa, dumsizlar itbaligʻi); metamorfoz orqali rivojanadi. Ayrim kurukdikka tuxum koʻyuvchi dumsizlar metamorfoz rivojlanadi. Dumlilarning ayrim turlari (aksolotl, alp tritoni va b.) uchun neoteniya (voyaga yetmasdan koʻpayish) xos. Voyaga yetgan Suvda va quruqliqda yashovchilar va q. ya. har xil umurtqasizlar, asosan, hasharotlar, itbaliqlar, mikroskopik xdyvonlaar va oʻsimliklar bilan ozikdanadi. Suvda va quruqliqda yashovchilar va q. ya. zararkunanda ekosistemalarning asosiy komponenta boʻlib, koʻpchilik umurtqasizlar soninicheklab turishdagʻamdaboshkaxayvonlarga oziq sifatida katta ahamiyatga ega. Dumsizlarning ayrim turlari (mas, baqalar) bir qancha mamlakatlarda isteʼmol qilinadi. Ayrim Suvda va quruqliqda yashovchilar va q. ya. lab. hayvonlari sifatida ahamiyatga ega. Suv havzalarining ifloslanishi tufayli ayrim turlari soni kamayib bormoqda. 41 turi va kenja turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

Ochil Mavlonov.


Lotin alifbosida maqola: SUVDA VA QURUQLIQDA YASHOVCHILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
BIOLOGIYA
NERV SISTEMASI
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты