SUVILONLAR

SUVILONLAR (Colubridae) — ilonlar oilasi. Uz. 10 sm dan 3,5 m gacha. Tashqi koʻrinishi va rangi har xil. ʻ Tishi koʻp, jagʻ tishi qanotsimon va tanglay suyaklarida oʻrnashgan. Ayrim turlarida yuqori jagʻdagi orqa tishlar zahar bezlari bilan bogʻlangan. 1600 ga yaqin turi maʼlum. Antarktidadan boshqa barcha qitʼalarda uchraydi. Oʻzbekistonda 6 uru/ga mansub 10 turi tarqalgan. Yerda, daraxtda, suvda, suv boʻyida, alohida inda yashaydi. Umurtqasizlar va mayda umurtqali hayvonlar bilan oziklanadi. Koʻpchiligi tuxum qoʻyadi; ayrim turlari tirik tugʻadi. Oʻq ilon va boyga zaharli. Oʻzbekistonda suvilon, rangdor chiporilon va guldor chiporilon keng tarqalgan. Suvilon baliqchilik xoʻjaliklariga qisman ziyon keltiradi. Suvilonlarning 10 turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.


Lotin alifbosida maqola: SUVILONLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
ILON ZAHARI
TISH
TANGLAY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты