SUVCHECHAK

SUVCHECHAK — oʻtkir yuqumli kasallik; tra koʻtarilishi, teri hamda shilliq qavatlarga serozli pufakchalar toshishi bilan kechadi. Filtrlanuvchi viruslar qoʻzgʻatadi. Koʻpincha 10 yoshgacha boʻlgan bolalarda uchraydi. Viruslar bemor yoʻtalganda, gapirganda, aksa urganda havo orqali sogʻ odamga oʻtadi. Suvchechak 6n ogʻrigan bola takror ogʻrimasligi mumkin. Inkubatsion davri 10—21 kun (koʻpincha 14 kun). Dastlab bolaning darmoni quriydi, t-rasi 39—39,5° gacha koʻtariladi, yuziga, tanasining turli qismlariga toshma toshib, keyinchalik pufakchalarga aylanadi. Pufakchalar tiniq suyuklikka toʻla boʻlib, atrofi qizarib turadi. Ular aksari boshning sochli qismi, yuz, badan va oyoqqoʻlga tarqaladi. Keyinchalik pufakchalar yorilib oʻrnida poʻst hosil boʻladi, 1—3 haftadan keyin poʻstlar tushib ketadi, oʻrnida chandiq qolmaydi.

Suvchechak toshmasi badanning hamma qismiga bir vaktda emas, balki 1—2 kun oralatib toshadi. Baʼzan ular ogʻiz, tomoq, burunhalqum shilliq pardasiga xam toshishi mumkin. Har gal toshma toshishi oldidan bemor isitmalaydi, toshmalar qurib bitgach, harorat normallashadi.

S asoratlari kam kuzatiladi. Suvchechak toshmalari koʻz muguz pardasida boʻlsa, keratit, tomoqda boʻlsa, laringit, zaifroq bolalarda — asbsess, zotiljam, limfadenit, otit, saramas, flegmona paydo boʻlishi mumkin.

Bemor koʻpincha uyda vrach nazoratida davolanadi. Bola qashinib, terisini tirnab yubormasligi uchun tirnogʻini olib turish, qoʻlini doim tozalab yuvib qoʻyish zarur. Toshmalarga kaliy permanganat eritmasi yoki brilliant koʻki surtiladi; ogʻzini dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan chayib turish tavsiya etiladi. Suvchechak juda yuqumli, shuning uchun bemor bolani alohidalab qoʻyish lozim.


Lotin alifbosida maqola: SUVCHECHAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
GERPES
EKZEMA
OʻTKIR RESPIRATOR KASALLIKLAR
ZAXM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты