SHOʻRCHI

SHOʻRCHI — Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi shahar (1976-yildan), tuman markazi. T. y. stansiyasi. Termizdan 122 km shim. sharqda, Surxon vohasining oʻrta qismidagi tekislikda joylashgan. Shoʻrchi yonidan Surxondaryodan suv oladygan Qumqoʻrgʻon kanali oqib oʻtadi. Aholisi 21,3 ming kishi (2003). 5—8 va 9—12-asrlarda Shoʻrchi hududida Barangi qishlogʻi boʻlganligi toʻgʻrisida Kudain va Ibn Xurdodbeh asarlarida qayd etilgan. 11—12-asrlarda Barangida bir necha masjid boʻlgan.

Shoʻrchida D«on mahsulotlari», «Shoʻrchipaxta» aksiyadorlik jamiyatlari, bosmaxona, MTP, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish uyushmasi, «Shoʻrchimebel» kompaniyasi, pillakashlik f-kasi, 2 non z-di, «Istiqlol» poyabzal ishlab chiqarish korxonasi, respublika miqyosidagi yirik elevator, tegirmonlar, kichik va qoʻshma korxonalar, firmalar ishlab turibdi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, 2 ta maxsus internat, ixtisoslashtirilgan internat maktabi mavjud. 3 kasb-hunar kolleji (q. x., kommunal xoʻjaligi, tibbiyot kollejlari) bor. Tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, shahar kutubxonasi, koʻzi ojizlar kutubxonasi, madaniyat va istirohat bogʻi, tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi.


Lotin alifbosida maqola: SHOʻRCHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
SURXONDARYO VILOYATI
QORAQALPOGʻISTON
ANDIJON VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты