SUDET TOGʻLARI

SUDET TOGʻLARI — Gʻarbiy Yevropadagi togʻlar. Shim. gʻarbdan jan. sharqqa 310 km ga choʻzilgan. Boʻylama tektonik soyliklar orqali ajralgan ayrim tizma va massivlardan iborat. Shim. sharqdan Chexiya massivini oʻrab turatsi. Eng baland joyi 1602 m (Snejka choʻqqisi). Asosan, granit, gneys, qumtosh, slaneslardan tuzilgan. Tog tepalari yassi, yon bagʻirlari tik. Yuqori mintaqada alp tipli relyef shakllari, morenali koʻllar uchraydi. Sudet togʻlaridan Elba, Odra, Morava daryolari boshlanadi. Iqlimi moʻtadil, yanv. ning oʻrtacha t-rasi —4°, —7°, iyulniki 8—14°. Yillik yogʻin 700—1400 mm. Togʻ yon bagʻirlari oʻrmon va butazorlar bilan qoplangan, togʻ tepalarida oʻtloq va torfli yerlar koʻp. Balneologik kurortlar bor. Turizm rivojlangan.


Lotin alifbosida maqola: SUDET TOGʻLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YEVROPA
TYANOʻPAN
XITOY
ChEXIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты