SUDOCHYE KOʻLI — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanidagi koʻl. Orol dengizining jan. gʻarbida. Gʻarbiy qirgʻogʻi Ustyurtning Sharqiy chinkiga tutash, qolgan tomonlari Amudaryo deltasi bilan chegaradosh. Koʻlning maydoni va tarkibidagi tuz mikdori teztez oʻzgarib turadi. Chunki, Amudaryo va kanallardan ortgan suvlar koʻlga kelib quyiladi. 1972-y. koʻlning mayd. 96 km2boʻlgan. Koʻlning oʻrtacha chuq. 11,5 m.