SUKRE

SUKRE (Sucre), Antonio Xose de (1795. 3.11 — 1830.4.6) — Amerikadagi ispan mustamlakalarida mustaqillik urushi rahbarlaridan biri. Bolivarning eng yaqin safdoshi, general, (1818), marshal (1824). 1810-y. Venesuelada ispanlarga karshi kurash ga rahbarlik kilgan Miranda armiyasiga kirgan. Ekvadorga qilingan ozodlik yurishiga bosh boʻlgan. 1822-y. Pichinchi jangida ispanlar qoʻshinini yenggan. 1824-y. 9 dekda Peruga kilingan ozodlik yurishi chogʻida Ayakuchcho yonidagi hal qiluvchi jangda yengib 1825-y. 7 fev. da LaPasga kirgan. Yuqori Peru hududida 1825-y. 6 avg. da eʼlon qilingan Boliviya Respublikasini barpo etilishida muhim roloʻynagan. 1826-y. 19 apr. dan uning muvaqqat prezidenta. 1828-y. 4-mayda bolivarchilarga qarshi koʻtarilgan isyon natijasida mamlakatni tark etgan. 1829-y. 26 fev. da Xiron yaqinida Buyuk Kolumbiya hududiga bostirib kirgan perulik qoʻshinlar ustidan zafar quchgan. 1830-y. — Buyuk Kolumbiya milliy konfessi prezidenti. Fitnachilar tomonidan oʻldirilgan. Boliviyaning jan. dagi shahar, Venesuelaning shim. sharqidagi shtat, Ekvadordagi pul birligi S sharafiga qoʻyilgan.


Lotin alifbosida maqola: SUKRE haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOLIVIYA
FRANSIYA
PERU
ISPANIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты