SULAVESI

SULAVESI, Selebes Malay arxipelagining yirik orollaridan biri, Katta Zond o. lari tarkibida, Indoneziya hududi. Mayd. 170 ming km2. Granit va gneyslardan, mezozoy ohaktoshlari, yosh choʻkindi va vulkan jinslaridan tuzilgan. Relyefi togʻli, eng baland joyi — 3440 m (Rantekombola togʻi), Minaxasa ya. o. da Klabat va Soputan harakatdagi vulkanlar bor. Iqlimi subekvatorial, mussonli, shim. da ekvatorial iqlim. Oʻrtacha oylik tralar 25 — 27°, yillik yogʻin 2000—2500 mm. Sernam tropik oʻrmonlar, jan. da baland boʻyli oʻtli savannalar bor. Bir nechta qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Foydali qazilmalardan temir va nikel rudalari topilgan. Kokos palmasi, kofe plantatsiyalari bor, sholi, batat, ziravorlar yetishtiriladi. Baliq ovlanadi. Sulavesida 1ming yillik oxiridan 17-a. gacha Bone, Gova, Lulu kabi davlatlar boʻlgan. 17-a. dan 20-a. boshlarigacha golland mustamlakachilari qoʻl ostida edi. 1949-y. dan Indoneziya tarkibida.


Lotin alifbosida maqola: SULAVESI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



INDONEZIYA
XITOY
YER
TOSHKENT
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты