TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH

TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH — yer yuzasining ichki birligi va tabiatining oʻziga xos xususiyatiga ega hududiy boʻlinmalari sistemasi. Tabiiy geografik rayonlashtirish — tabiiy geografiyanint sintez shakllaridan biri, yaʼni oʻziga xos ilmiy tadqiq qilish jarayonidir. Tabiiy geografik rayonlashtirishning obyekti — turli taksonomik qiymatga ega boʻlgan tabiiy hududiy komplekslar. Vazifasi esa, shu komplekslarni aniklash, xaritaga tushirish va maʼlum tartib bilan tavsiflab berishdan iborat. Tabiiy geografik rayonlashtirish orqali geografik qobiqning tabiiyhududiy komplekslarga tabaqalanish sabablari, ularning bir butunligi, chegaralari, strukturasi va ularda kechadigan tabiiy geografik jarayonlar aniklanadi. Rayonlashtirish tabiiy muhitning barcha yoki deyarli barcha komponentlarini kamrab oluvchi belgilar majmui qamda relyef, iqlim, tuproq va shu kabi aniq bir xususiy belgilari boʻyicha amalga oshiriladi. Har bir regionga zonal (yer yuzasiga tushadigan quyosh radiatsiyasining kenglik boʻylab tarqalishi bilan belgilanadigan) va azonal (Yer poʻstining gipsometrik oʻrni, uning tarkibi va harakati, dengiz va quruqliklarning nisbati) omillar taʼsir etadi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning nazariy asosini hududiy tabiiy geografik differensiatsiya qonuniyati tashkil etadi. Zonal belgilarga koʻra tabiiy geografik mintaqalar, tabiiy geografik zonalar va tabiiy geografik kichik zonalar, azonal belgilarga kura tabiiy geografik oʻlkalar va tabiiy geografik oblastlar ajratiladi. Raionlashtirishning soʻnggi bosqichi — tabiiy geografik rayon boʻlib, u har ikki — zonal va azonal sharoitlarga moye boʻlishi kerak. Tabiiy geografik rayonlashtirishda maʼlum prinsip va metodlar (komplekslilik prinsipi, genetik birlilik, bir xillilik, hududiy umumiylik prinsiplari va bosh omil metodi, landshaft tipologik xaritani tahlil qilib hududiy komplekslarni aniklash metodika amal qilinadi. Tabiiy geografik rayonlashtirishda aniklangan tabiiy hududiy komplekslarni maʼlum bir tartib bilan xaritada aks ettirish va tavsiflab berishda taksonomik birliklar sxemasidan foydalaniladi. Mas., Oʻrta Osiyo tabiiy geografik oʻlkasini rayonlashtirishda quyidagi sxema qabul qilingan: oʻlka — provinsiya — kichik provinsiya — okrug — rayon. Tabiiy geografik rayonlashtirish masshtabiga koʻra 3 xil boʻladi: mayda masshtabli (oʻlka, zona, provinsiya kabi taksonomik birliklarni aniklash bilan bogʻliq boʻlgan va masshtabi 1:1000 000 dan mayda boʻlgan rayonlashtirishlar), oʻrta masshtabli (kichik provinsiya, okrug va rayon birliklari, masshtabi 1:1000 000 dan 1:100000 gacha) va yirik masshtabli rayonlashtirishlar (1:100000 va undan yirik masshtabli boʻlib, koʻproq kichik hududlarni tadqiq qilishda qoʻllaniladi va bevosita dala sharoitida toʻplangan maʼlumotlarga asoslanadi).


Lotin alifbosida maqola: TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
GEOGRAFIYA
TABIIY GEOGRAFIYA
TOSHKENT
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты