SULI (Avena) — boshoqsoshlarga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; gʻalla ekini. 70 turi bor. 25 ga yakin turi Yevrosiyo va Shim. Amerikada usadi. Asosan 3 turi— ekma Suli (A. sativa) moʻtadil iqlimli mamlakatlarda va Vizantiya S. si (A. byzantina S.) — Oʻrta dengiz atrofi, AQSH jan., Argentina, Avstraliyada; kum Suli (A. strigosa) — Ispaniya, Fransiya, Belgiyada ekiladi. Suli kdsimiy ekinlardan xisoblanadi, Yevropada mil. av. 2ming yillikdan boshlab ekilgan. Jahon dehqonchiligida Suli ekin maydoni 14,4 mln. ga ni tashkil etib, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, AQSH va Kanada, Xitoyda katta maydonlarda ekiladi, oʻrtacha don hosiddorligi 18,1 s/ga (2000). Ekma Suli iddizi popuk ildiz boʻlib, yaxshi rivojlanadi, yerning haydalma qatlamida joylashadi. Poyasi tik oʻsadi. Boʻyi 50—120 sm. Bargi 3—5 mm. Gultoʻplami supurgisimon tarqoq, baʼzan bir yonli, boshoq, 2—4 gulli, baʼzan bir gulli. Mevasi — don, koʻpchilik navlarida qobiqli (qobiqsiz shakllari ham bor). Suli namsevar, lekin issiqqa uncha talabchan emas. Urugʻi past harorat (4—5°)da unib chiqadi. Oʻzidan changlanadi. Harorat 16—22° boʻlganida yaxshi rivojlanadi.
Gullash davrida namlik yetarli bulishi kerak. Suli uzun kun oʻsimligi. Roʻvakning tepa qismida yetilishi davri boshlanganda, pastki qismida gullash davom etadi. Oʻsuv davri 80—110 kun. Kuzda ekiladigan xili bor. Suli doni tarkibida oʻrtacha 13,3% protein, 4,7% moy, 40,1% kraxmal, 13,2% kletchatka, 4,0% kul, V guruhi vitaminlari bor. Suli donidan har xil yormalar va un tayyorlanadi. Doni endospermasida lipidlar koʻp, shuning uchun yuqori kaloriyali va toʻyimli hisoblanadi. Suli uni bugʻdoy yoki javdar uniga qoʻshib non yopishda ishlatiladi. Eng qimmatli yem-xashak ekini xisoblanadi. Doni, somoni, toʻponi, koʻk poyasi, silosi chorvachilikda mollarga beriladi. 1 kg suli doni toʻyimliligi 1 ozuqa birligi sifatida qabul qilingan, 87 g hazm boʻladigan protein bor. Suliga azot, fosfor, kaliy oʻgʻitlarini qoʻllash yaxshi samara beradi, afotexnologiya tadbirlari arpaniksga oʻxshash. Suli fev. oxiri — mart boshlarida ekiladi (Oʻzbekistonda koʻproq kuzda ekiladi). Urugʻlik sarfi 100—250 kg/ga. Hosildorligi 20—35 s/ ga. Oʻzbekistonda kuzgi Sulining Doʻstlik 85 (1993), Chorvachilik i. t. in-tida Toshkent 1, Yutuq (1981), bahorgi Sulining keng bargli Oʻzbekiston (1981) navlari chiqarilgan va barcha viloyatlar uchun r-nlashtirilgan.
Hapima Otaboyeva.