SULTON ALI XUROSONIY

SULTON ALI XUROSONIY (??) — xurosonlik tabib. 15-a. ning 2-yarmi va 16-a. ning 1-yarmida yashab ijod etgan. Oʻrta Osiyoning bir qancha shaharlarida, jumladan, Samarqandda uzoq muddat yashagan. Koʻp yillik tajribalari asosida «Dastur uliloj» («Kasalliklarni davolash boʻyicha qoʻllanma», Samarqand, 1526) va «Muqaddimayi dastur uliloj» («Kasalliklarni davolash boʻyicha koʻllanmaga muqaddima») asarlarini yozgan. «Dastur uliloj»da turli kasalliklar va ularni davolash yoʻllari haqida maʼlumot berilgan. «Muqaddiymayi dastur uliloj»da esa tabobatning umumiy masalalari — sogʻliqni saqlash, odam aʼzolarining sogʻ va kasallik vaqtidagi holati, qon tomirlari hamda kasallik boʻhroni (krizisi) haqida fikr yuritilgan. «Muqaddimayi dastur uliloj» asari fors tilidan oʻzbekchaga tarjima qilingan. Uning 19-a. boshlarida koʻchirilgan bir nusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tining qoʻlyozmalar fondida saqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: SULTON ALI XUROSONIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TIBBIYOT
IBN SINO
SOGʻLIQNI SAQLASH
SAMARQAND


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты