SULTON JOʻRA

SULTON JOʻRA (taxallusi; asl ism-sharifi Joʻrayev Sulton) (1910.15.1, Shofirkon tumani — 1943.10.11, Gomel sh.) — shoir. Buxorodagi erlar bilim yurtida oʻkigan, soʻng maktab va bilim yurtida oʻqituvchilik qilgan (193036). 193639-y. larda Andijon pedagogika in-tida oʻqigan va shu yerda dars bergan; 2-jahon urushi katnashchisi; urushda halok boʻlgan. Sulton Joʻraning «Fidokor» (1939), «Shodligim», «Ochiq chexralar» (1939), «Moskva» (1941) sheʼriy toʻplamlari eʼlon qilingan. 1939-y. shoir ijodining eng samarali pallasi boʻlib, u shu yili «Parvoznoma» balladasi, xalq rivoyatlari asosida «Zangori gilam», «Qaldirgʻoch», shuningdek, «Karim va Qunduz» dostonlarini yozgan. Shoirning mashhur italyan astronomiga bagʻishlangan «Bruno» dostoni (1938) 30y. larda yaratilgan oʻzbek dostonlarining eng yaxshi namunalaridan hisoblanadi. Badiiy soddalik, samimiylik, xalq ogʻzaki ijodiga yaqinlik Sulton Joʻra sheʼriyatining eng yaxshi xususiyatlaridir. Sulton Joʻraning adabiy merosida bolalar hayotidan olingan asarlar alohida oʻrinni egallaydi. Uning soʻnggi asari — «Iroda» dramasi (1942, Vosit Saʼdulla bilan hamkorlikda) Andijon viloyat teatrida sahnalashtirilgan.

Shoirning jasadi Gomel sh. Loyev tumani Kozerogi qishlogʻida dafn etilgan. Andijon, Buxoro va Shofirkon shaharlaridagi koʻchalarga, shuningdek, Shofirkon tumanidagi maktab, kinoteatr va fuqarolar yigʻiniga Sulton Joʻra nomi berilgan. j As: Yomgʻirdan soʻng, T., 1965; Sheʼrlar, T., 1 1973.

Ad.: Moʻminov Gʻ., Otashqalb shoir, T., 1970; Aliyev S, Buxoroda bitilgan baytlar, T., 1992.


Lotin alifbosida maqola: SULTON JOʻRA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
ANDIJON VILOYATI
XALQ IJODI
FRANSIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты