SULTON MAHMUD MIRZO

SULTON MAHMUD MIRZO (1453 Samarqand — 1495) — Samarqand hokimi (1494—95). Temuriylaragm. Abu Sayd mirzoning 3oʻgʻli. Otasi davrida Astrobod viloyati hokimi. Abu Sayd Mirzo vafoti (1469) dan soʻng Termiz, Chagʻoniyon, Hisor, Xatlon, Qunduz, Badaxshon va Hindukush togʻlarigacha boʻlgan yerlar uning tasarrufiga oʻtgan. Akasi Sulton Ahmad Mirzoning vafoti (1494) dan soʻng esa, Samarqand taxtiga oʻtirgan. U zulmni haddan oshirgani uchun mamlakatning katta kichik aslzodalari, sipohiylar va oddiy xalq har tarafga tarkalib qocha boshlagan. Sulton Mahmud Mirzo taxtga daʼvogar boʻlib kelgan amakivachchasi Malik Muxammad Mirzo va u bilan birga kelgan mirzolarni qatl ettirgan. Sulton Mahmud Mirzo oʻz hukmronligi davrida 2-marta Husayn Boyqaro bilan jang qilib, ikkalasida ham magʻlub boʻlgan. Boburning Sulton Nigor xonim ismli xolasi uning 4xotini.

Ad.:Fayziyev T., Temuriylar shajarasi. T., 1995; M uhammadjonov A., Temur va temuriylar saltanati, T., 1994.


Lotin alifbosida maqola: SULTON MAHMUD MIRZO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TEMURIYLAR
AMIR TEMUR
ALISHER NAVOIY
HUSAYN BOYQARO
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты