SULTONIY

SULTONIY, Jaus, Oqpar, Shakarak — oʻrta kechpishar mahalliy xoʻraki, mayizbop va vinobop uzum navi. Oʻrta Osiyoda chiqarilgan. Oʻzbekiston (Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida koʻproq), Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻistonda ekiladi. Tupi oʻrtacha kuchli oʻsadi. Barglari oʻrtacha, 5 boʻlmali, beti bir oz burishgan, orqasi tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, vazni 400—500, baʼzan 800—1100 g. Konussimon, tigʻiz joylashgan. Gʻujumi yirik, 5—6 g keladi, yumaloqchoʻziq, och sariq, pishganda qahrabo, oftobga qaragan tomoni toʻq sariq. Poʻsti qalin, qoʻngʻir nuktalar bilan qoplangan. Eti sershira, yeganda karsillaydi. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 3360° boʻlganda, sent. boshlarida 148 — 154 kunda pishadi. Tarkibida 2324% qand, 3—3,5% kislota bor. Novdalari yaxshi pishadi. Hosildorligi 200240 s/ga. Sovuqqa chidamsiz, oidium bilan kasallanadi. Uzun novda qoldirib kesiladi. Qurgʻoqchilikka chidamli. Uzumi yangiligida isteʼmol qilinadi, mayiz solinadi, yuqori sifatli desert vinolari tayyorlanadi.


Lotin alifbosida maqola: SULTONIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOJIKISTON
TOSHKENT
QASHQADARYO VILOYATI
TOIFI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты